O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2025-yil uchun Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul e’lon qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” 8 ta o‘rin
08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” 2 ta o‘rin
08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” 3 ta o‘rin
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” 3 ta o‘rin
08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” 1 ta o‘rin
08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” 1 ta o‘rin
Tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Akademiya direktori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);
3. Oliy o‘quv yurti diplomi yoki magistrlik diplom nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning ko‘chirma nusxalari (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola va ilmiy to‘plamlarda kamida 2 ta tezis bo‘lishi shart);
6. Pasport nusxasi;
7. Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (kamida B2 darajasida bo‘lishi talab qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturaga (DSc) o‘qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Akademiya direktori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka);
3. Oliy ma'lumoti to‘g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;
4. Mehnat daftarchasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi
5. Pasport nusxasi.
6. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning batafsil reja loyihasi;
7. Nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning ko‘chirma nusxalari (falsafa doktori ilmiy darajasini olgandan keyingi davrda ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqola va ilmiy ishlar to‘plamlarida tegishli yo‘nalishda kamida 2 tezis);
8. Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (kamida B2 darajasida bo‘lishi talab qilinadi).
Talabgorlar https://daraja.ilmiy.uz saytining yagona elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng barcha hujjatlarini elektron (pdf) shaklda tizimga yuklashlari kerak. Amaldagi talablarga javob bergan hujjatlar Akademiya ma'sul xodimi tomonidan qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirish quyidagi imtihonlar natijalari bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Mutaxassislik bo‘yicha:
• “Moliya, pul muomalasi va kredit”
• “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
• “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Doktoranturaga o‘qishga kirish taqdimot natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun taqdimot 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar o‘tkaziladi.
30-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda Qabul komissiyasi tayanch doktorantura va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.
Kirish imtihonlari natijalari Qabul komissiyasining yig'ilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va 5 kunlik muddat ichida Ilmiy kengashga tasdiqlash uchun kiritiladi. Qabul 5-dekabrga qadar rahbariyat buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga o‘qish 2025-yilning 1-yanvaridan boshlanadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutidagi ixtisoslik tegishli bo‘lgan fan tarmog'iga muvofiq bo‘lishi kerak.
Mutaxassisliklar muvofiq bo‘lmaganda dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish masalalari Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g'risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
Tayanch doktoranturaga qabul qilishda bir nechta talabgorlar bir xil ballarga ega bo‘lgan holda quyidagilar imtiyozli tanlov huquqlariga ega bo‘ladilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi egalari;
- magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatganlar;
- mualliflik guvohnomalari va patentlari mavjud bo‘lganlar.
Doktoranturaga (DSc) kirishda imtiyozga ega talabgorlar:
- 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lganlar;
- mualliflik guvohnomalari va patentlarga ega bo‘lganlar;
- nashr etilgan monografiyalari mavjud, shu jumladan O‘zR OAK talablari asosida chet elda ilmiy maqolalari chop etilgan;
- ilmiy ishining 50 foizidan ortig'i yozilgan.