“2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Endilikda «budjet»da o‘qigan talabalar kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarda ishlashi taklif qilindi
Qaror bilan 2020–2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Akademiya O‘zbekistonning bank va moliya sohasi uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida:
davlat granti mablag‘lari hisobidan – faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;
Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida – O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlar ta’lim oladi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1sentabrga qadar tanlov o‘tkazish orqali boshqa oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari o‘qishi Akademiyaga ko‘chiriladi.
2021-yil 1-sentabrga qadar ilmiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinadi.
Shuningdek, 2022-yil 1-sentabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tashkil etiladi.