O‘quv jarayoni

O‘quv jarayoni

 

Magistratura

Akademiya magistraturasida taʼlim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek oliy taʼlimni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.

Akademiyada barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga – 36 soatni tashkil etadi. Qolgan soatlar hajmi mustaqil taʼlim uchun ajratiladi.

Joriy, oraliq va yakuniy attestatsiyalarni hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturining umumiy hajmi 2 yillik o‘quv davri uchun haftalik o‘quv yuklamalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fan dasturlari mazmuni davlat taʼlim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlashni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi.

Tinglovchilarning akademik guruhlari uchun maʼruza soatlari hajmi auditoriya vaqtining 50 foizidan oshmasligi kerak. Fan mavzularining kamida 20 foizi (umumiy yuklama hajmiga nisbatan) mustaqil taʼlim tarzida o‘zlashtirilishi lozim.

Tinglovchilarning o‘quv rejalaridagi fan dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil taʼlim olishi nazarda tutilishi zarur.

Magistratura mutaxassisliklari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.

     O‘qishning normativ muddati 2 yil bo‘lganda o‘quv jarayoni 100 haftani tashkil etishi zarur.

     Nazariy taʼlim va ilmiy faoliyat 50 hafta,

     Attestatsiyalar 12 hafta,

     Taʼtillar 16 hafta,

     Malaka (boshqaruv) amaliyoti va stajirovka 22 hafta,

     Jami 100 hafta.

Taʼlim dasturini o‘zlashtirishda bir qator masalalar yoki integrallashtirilgan kurslar muammolari bo‘yicha tinglovchilarning mustaqil taʼlimi ko‘zda tutiladi.

Ilmiy faoliyat tinglovchining kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:

ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash – 75-78%;

malaka amaliyoti va stajirovka – 22-25%.

Nazariy taʼlim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab quyidagi tarzda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi:

umummetodologik fanlar – 40 %;

mutaxassislik fanlari–   60%;