Amaliyot va stajirovka
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarining bank-moliya va soliq muassasalari, real sektor korxona va tashkilotlarida hamda xorijiy mamlakatlarda malaka amaliyoti va tajriba orttirishi to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda – Nizom) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 220-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18sentyabrdagi “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 745-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining (keyingi o‘rinlarda - Akademiya) Ustavi talablari asosida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Nizom Akademiyada magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasiga muvofiq tinglovchilarning respublika bank-moliya, soliq muassasalari, real sektor korxona va tashkilotlarida hamda xorijiy mamlakatlarda malakaviy (boshqaruv) amaliyoti (keyingi o‘rinlarda – malakaviy amaliyoti) va tajriba orttirishi masalalarini tartibga soladi.
II. Malakaviy (boshqaruv) amaliyoti va tajriba orttirishni
tashkil etishtartibi
3. Malakaviy amaliyoti va tajriba orttirish Akademiya magistraturasida o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ularnazariy bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llanilishini mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish, mustaqil tarzda olib boriladigan ilmiy-amaliy tadqiqot uchun maʼlumotlarni to‘plash, tashabbuskorlik va tashkiliy-boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar amaliy tajribasini o‘rganish, magistrlik dissertatsiyasini yozishda tahliliy va statistik maʼlumotlarni yig‘ish, ularni tahlil etish, amaliy tavsiya va natijalarni ishlab chiqish malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
4. Akademiyaning o‘quv rejasiga muvofiq tinglovchilar uchun malakaviy amaliyoti va tajriba orttirish muddati 22 hafta qilib belgilangan, jumladan:
malakaviy amaliyoti uchun – II semestr yakunida 10 hafta;
tajriba orttirish uchun – III semestr yakunida12 hafta.
5. Tinglovchilarning xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli tajriba orttirishi butun o‘quv yili mobaynida xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan muddatlarda tashkil etilishi mumkin.
6. Akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
davlat taʼlim standartlari talablari darajasida malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishni olib borish hamda hisobotlarni tayyorlash uchun zaruriy o‘quv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishni o‘tash va ular bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash jarayoniga fan doktori va professorlar, fan nomzodi va dotsentlar, yuqori malakali o‘qituvchilar va amaliyot mutaxassislari, shuningdek yuqori malakali, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida o‘qib kelgan mutaxassis va amaliyotchilarning jalb etilishi.
7. Tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishni o‘tash masalalari bo‘yicha Akademiya barcha bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish “Xalqaro aloqalar, amaliyot va tajriba orttirish” bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – Masʼul bo‘lim)tomonidan, ularning nazorati esa magistratura fakultetlari dekanati hamda mutaxassislik kafedralari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Mutaxassisliklar o‘quv rejalariga muvofiq tinglovchilarni malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishga yuborish hamda ularga tegishli rahbarlarni biriktirish Akademiya rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
9. Malakaviy amaliyoti va tajriba orttirish Akademiyaning O‘quv, ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq tashkil etiladi.
Mazkur dasturlar tinglovchilarning mutaxassisligi, magistrlik dissertatsiyalari mavzulari, malaka amaliyoti va tajriba orttirish o‘tash obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli mutaxassislik kafedralari tomonidan ishlab chiqiladi.
Dasturlarda malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishning maqsadi va vazifalari, tinglovchilar uchun individual topshiriqlar va ularni bajarish muddatlari, shuningdek, malakaviy amaliyoti va tajriba orttirish hisobotini tayyorlash va taqdim etish tartibi hamda uni kafedrada himoya qilish muddatlari aks ettiriladi.
Mutaxassislik kafedralari tomonidan har bir tinglovchi tegishli dastur va kalendar ish-reja bilan taʼminlanadi.
10. Malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish boshlangunga qadar mutaxassislik kafedralari mudirlari malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishning maqsad va vazifalarini tushuntirish hamda tegishli ko‘rsatmalarni berish maqsadida tinglovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
11. Masʼul bo‘lim tomonidan malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishni o‘tash belgilangan tashkilot va korxonalarga tegishli xatlar yuboriladi.
Har bir tinglovchi malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishni o‘tash joylariga yo‘llanmalar bilan taʼminlanadi.
12. Malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishnio‘tash tashkilotida yuborilgan tinglovchilar bo‘yicha ichki buyruq chiqariladi, tashkilot tomonidan amaliyot rahbari belgilanadi va amaliyotni tashkil etish bo‘yicha tegishli shart-sharoitlar yaratib beriladi.
13. Magistratura fakultetlari dekanati hamda mutaxassislik kafedralari tomonidan tinglovchilarning malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi va tegishli maʼlumotnomalar tayyorlanadi.
14. Malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish tugaganidan so‘ng tinglovchilar Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida mutaxassislik kafedralarida yakuniy hisobotlarini himoya qiladilar.
III. Tinglovchilarning respublika bank-moliya, soliq muassasalari,
real sektor korxona va tashkilotlarida malaka amaliyoti
maqsadi va vazifalari
15. Malakaviy amaliyoti – magistrlik dissertatsiyasining obyekti sifatida tashkilot va korxonalarda tinglovchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, bank-moliya, soliq, real sektor korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish, iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash, magistrlik dissertatsiyasining tahliliy qismini tayyorlash uchun zaruriy materiallarni to‘plash, jamoada tashkilotchilik, boshqaruv, tezkor va oqilona qaror qabul qilish, rahbarlik salohiyatini shakllantirish jarayoni hisoblanadi.
16. Malakaviy amaliyoti obyekti sifatida tinglovchining magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga mos tashkilot va korxonalar mutaxassislik kafedralari tomonidan belgilanadi.
17. Malakaviy amaliyotining vazifalari:
mutaxassislik bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash;
o‘rganilgan yangi nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zaruriy maʼlumotlarni, xususan, iqtisodiy-moliyaviy, statistik maʼlumotlarni to‘plash;
tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish;
to‘plangan maʼlumotlar asosida hisobot materiallarini tayyorlash;
hisobotda aks etgan materiallar asosida taqdimotni amalga oshirish va uni himoya qilish;
malakaviy amaliyoti dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni bajarish.
18. Malakaviy amaliyoti mobaynida tinglovchi:
dasturda belgilangan ketma-ketlik asosida tegishlitashkilotning tashkiliy tuzilishi, asosiy faoliyati, ish yuritilishi, hujjatlar aylanishi va moliyaviy hisobotlarning tuzilishi kabilarni o‘rgangan holda, amaliy maʼlumotlarni to‘playdi va ularning tahlilini amalga oshiradi;
tanlab olingan magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha maʼlumotlar yig‘adi, ularga tahliliy ishlov beradi hamda o‘z tadqiqot obyekti maʼlumotlarini boshqa korxona va tashkilotlar maʼlumotlari bilan taqqoslab, tegishli xulosalarni ishlab chiqadi;
malakaviy amaliyoti jarayonida tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantiradi va mustaxkamlaydi.
IV. Tinglovchilarning respublika bank-moliya, soliq muassasalari,
real sektor korxona va tashkilotlarida tajriba orttirishining
maqsadi va vazifalari
19. Respublika bank-moliya, soliq muassasalari, real sektor korxona va tashkilotlarida tajriba orttirish – tinglovchi tomonidan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimi hamda tajribasini oshirish, tajriba orttirish obyekti ish faoliyatini o‘rganish, uni tanqidiy va ijodiy tahlil etib, tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish, magistrlik dissertatsiyasi uchun tahliliy va amaliy maʼlumotlarni to‘plash jarayoni hisoblanadi.
20. Tajriba orttirish obyekti sifatida:
tinglovchi o‘zi ishlab turgan tashkilot/korxona tizimi yuqori bo‘g‘inlari (vazirliklar, respublika idoralari, bosh ofislar, boshqaruv tashkilotlari);
tashkilot/korxonaning yuqori bo‘g‘inida ishlab turgan tinglovchilar uchun mazkur tashkilot/korxona tizimi quyi bo‘g‘inlari (viloyat, tuman bo‘linmalari va filiallari, ishlab chiqarish korxonalari);
respublikadagi yetakchi bank-moliya tashkilotlari, real sektor korxonalari va boshqa tegishli muassasalar belgilanishi mumkin.
21. Har bir tinglovchi uchun tajriba orttirish obyekti uning Akademiyada o‘qish mutaxassisligi, ish joyi va magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga muvofiq mutaxassislik kafedralari tomonidan belgilanadi.
22. Tinglovchilarning tajriba orttirish jarayonidagi asosiy vazifalari:
tajriba orttirish obyekti ish faoliyati va uslublarini, sohaning muhim jihatlarini amaliy o‘rganish;
mavjud ilg‘or amaliy tajribani o‘rganish, uni tanqidiy va ijodiy tahlil qilish hamda o‘z tashkiloti uchun amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va sababiy bog‘liqlikda xulosalar yasash;
olingan nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali chuqurlashtirish va boyitish;
ilmiy-tadqiqot ishi uchun statistik va boshqa materiallarni to‘plash va ularni tahlil qilish;
tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini amalda mustahkamlash;
orttirilgan tajriba doirasida hisobot materiallarni tayyorlash;
tajriba orttirish dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni bajarish.
23. Tajriba orttirish davrida tinglovchi:
tegishli tashkilotning tashkiliy tuzilishi, asosiy faoliyati, ish yuritilishi, hujjatlar aylanishi va moliyaviy hisobotlarning tuzilishi kabilarni o‘rgangan holda, amaliy maʼlumotlarni to‘playdi va ularni chuqur tahlil qiladi;
tanlab olingan magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha maʼlumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish natijasida tegishli xulosa va tavsiyalarni shakllantiradi;
tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini amalda mustahkamlaydi.
V. Tinglovchilarning xorijda qisqa muddatli tajriba orttirishini tashkil etish tartibi
24. O‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari, Akademiyaning byudjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek xalqaro va xorijiy tashkilotlari grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya muassasalariga tajriba orttirishga yuboriladi.
25. Xorijda tajriba orttirishni tashkil etish Akademiya va xorijiy o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasasi yokibank-moliya tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalarasosida amalga oshiriladi. Bunday shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan o‘rnatilgan qonuniy tartibda kelishiladi.
26. Tinglovchilarning xorijda tajriba orttirish safari bilan bog‘liq xarajatlari Akademiyaning moliya-iqtisod bo‘limi va buxgalteriya tomonidan rejaga muvofiq moliyalashtiriladi.
27. Xorijda tajriba orttirishga yuboriladigan tinglovchilar guruhlarni shakllantirish masalari mazkur Nizomning VI-bo‘limida belgilanadi.
28. Xorijda tajriba orttirishga tavsiya etilayotgan tinglovchilar bo‘yicha ish beruvchi tashkilotlardan ularni xorijga chiqishi uchun rozilik xatlari olinadi.
29. Xorijda tajriba orttirishga tavsiya etilayotgan tinglovchilar guruhigaAkademiya professor-o‘qituvchilari yoki xodimlari safidan guruh rahbari tayinlanadi va uning rahbarligida guruh xorijga yuboriladi.
30. Akademiya byudjetining cheklanganligi holatlarida tinglovchilarning xorijiy tajribani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligini hisobga olgan holda, tinglovchilarga ularning ish beruvchi (homiy) tashkilotlari yoki o‘z mablag‘lari hisobidan xorijda tajriba orttirish uchun imkoniyat yaratib beriladi.
31. Ish beruvchi (homiy) tashkilotlar yoki o‘z hisobidan xorijda tajriba orttirishga tinglovchilar qabul qiluvchi tomon bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzilganidan so‘ng va tegishli to‘lovlar amalga oshirilganidan keyingina jo‘natiladi.
32. Tinglovchilar xalqaro va chet mamlakatlar tashkilotlari tomonidan bank-moliya masalalariga oid o‘quv dasturlarida ishtirok etish yo‘li bilan ham xorijiy tajriba orttirishlari mumkin. Bunday hollarda Akademiya tinglovchining o‘quv-ilmiy faoliyati natijalariga ko‘ra to‘liq tashkiliy va qisman moliyaviy moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
33. Xorijiy tajriba orttirishga tavsiya etilayotgan tinglovchilar safarga ketishlaridan oldin:
xorijda tajriba orttirish dasturi mavzusi bo‘yicha Masʼul bo‘lim, mutaxassislik kafedralari va guruh rahbari boshchiligida tegishli tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradilar;
mutaxassislik kafedralari va Masʼul bo‘lim bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba orttirish reja-topshirig‘ini tuzib, Akademiya rektori tomonidan tasdiqlatadilar.
34. Xorijiy tajriba orttirish dasturi bo‘yicha yuborilayotgan tinglovchilar va guruh rahbarlari:
O‘zbekiston Respublikasini munosib ifoda etishlari va davlatning obro‘-eʼtiborini saqlashlari;
rasmiy va norasmiy tadbirlar chog‘ida umumeʼtirof etilgan yurish-turish qoidalariga (etiketga) rioya qilishlari;
borilayotgan mamlakat qonunchiligiga rioya etishlari;
xorijiy safarning maqsadlari va vazifalarini samarali amalga oshirilishini taʼminlashlari;
O‘zbekiston Respublikasi davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni tarqatmasliklari shart.
35. Xorijiy tajriba orttirishga yuborilgan tinglovchilar va guruh rahbarlari safar tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida Akademiya rektoriga xorijiy safar natijalari va reja-topshiriqning bajarilishi to‘g‘risida yozma hisobot taqdim etishlari shart. Reja-topshiriqning ayrim bandlari bajarilmagan taqdirda bajarilmaganlik sababi ko‘rsatiladi.
VI. Xorijda qisqa muddatli tajriba orttirish uchun
tinglovchilar tanlovi tartibi
36. Akademiya va chet mamlakatlar taʼlim va ilmiy-tadqiqot yoki bank-moliya muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida xorijda tajriba orttirish uchun nomzodlar tasdiqlangan maqsadli moliyaviy mablag‘lar doirasida barcha mutaxassisliklarda taʼlim olayotgan tinglovchilar orasida mutaxassisliklar kesimida tanlov asosida aniqlanadi.
37. Xorijiy hamkorlarning grantlari va stipendiyalari asosida tajriba orttirish uchun nomzodlarning tanlovi mazkur xorijiy hamkorlarning talablarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi.
38. O‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tinglovchilarorasidaxorijda tajriba orttirish uchun nomzodlar tanlovini amalga oshirish quyidagi 5 ta asosiy mezonga asoslanadi:
- umumiy akademik reytingi;
- o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi (davomati);
- magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlash natijalari;
- nomzodning maʼnaviy-g‘oyaviy yetukligi va madaniyati;
- ingliz tili bilimi darajasi.
39. Xorijiy hamkorlar bilan tajriba orttirish dasturini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvlar amalga oshirilganidan so‘ng Akademiya rektorining buyrug‘i (farmoyishi) bilan dastur mavzusidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassisliklar tinglovchilari orasida tanlov eʼlon qilinadi.
Mazkur hujjatda xorijiy tajriba orttirish dasturida ishtirok etuvchi tinglovchilar umumiy soni, har bir mutaxassislik uchun tinglovchilar soniga proporsional ravishda ajratilgan o‘rinlar soni, Tanlov komissiyasi tarkibi va tanlov o‘tkazish reglamenti tasdiqlanadi.
40. Tanlov o‘tkazishning samaradorligini oshirish maqsadida tanlov o‘tkazish reglamentida tinglovchilarni 38-bandda belgilangan asosiy mezonlar asosida baholash bilan bir qatorda ularning akademik ko‘rsatkichlari va shaxsiy hislatlarini tavsiflovchi qo‘shimcha maʼlumotlar ko‘rib chiqilishi, test sinovlari, individual suhbatlar va xorijiy hamkorlarning talablariga ko‘ra boshqa tadbirlar belgilanishi mumkin.
41. Tanlov komissiyasi tarkibiga Akademiya prorektorlari, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda boshqa ekspertlar kiritiladi.
42. Tanlov komissiyasi faoliyati natijalari va qarorlari hamda tanlovdan o‘tgan tinglovchilar ro‘yxati Akademiya Xalqaro aloqalari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqiladi hamda rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
43. Tanlov jarayoni yuzasidan eʼtirozi bo‘lgan tinglovchilar Tanlov komissiyasining qarori eʼlon qilinganidan keyin 2 kun muddat ichida Akademiya rektoriga yozma ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Bunday hollarda Masʼul bo‘lim taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) aʼzodan kam bo‘lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi va uning yig‘ilishida tinglovchilar arizalari ko‘rib chiqiladi.
44. Ish beruvchi (homiy) tashkilotlar yoki o‘z mablag‘lari hisobidan xorijda tajriba orttirish istagida bo‘lgan tinglovchilar tajriba orttirish dasturi boshlanishidan ikki oy oldin Akademiya rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladilar.
Ariza bilan murojaat etgan har bir tinglovchiga dekanat va mutaxassislik kafedralari tomonidan tavsifnoma-tavsiyalar tayyorlanadi. Mazkur tinglovchilarning xorijda tajriba orttirish dasturida ishtiroki masalasi Akademiya Xalqaro aloqalari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqiladihamda rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
45. Xalqaro va chet mamlakatlar tashkilotlari tomonidan bank-moliya masalalariga oid o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun tinglovchilar rektor nomiga ariza bilan murojaat etadilar.
Tinglovchilarning xalqaro o‘quv dasturlaridagi ishtiroki Akademiya Xalqaro aloqalari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqiladi hamda rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
VII. Malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishga rahbarlik qilish
46. Malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishning tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qilish O‘quv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor va Masʼul bo‘limzimmasiga yuklatiladi.
47. Magistatura fakultetlari dekanati va mutaxassislik kafedralari tinglovchilarning davomati, malakaviy amaliyoti va tajriba orttirishdasturini o‘rnatilgan talablar asosida bajarilishini nazorat qiladi.
48. Respublika bank-moliya va soliq muassasalari, real sektor korxona va tashkilotlaridamalakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish vazifalarini tinglovchilar tomonidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida ularga Akademiya hamda tashkilot tomonidan rahbar tayinlanadi.
49. Malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishga rahbarlik qilish asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv yilidagi umumiy o‘quv yuklamasi doirasida amalga oshiriladi.
Malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish rahbariga tinglovchiga amaliyot o‘tash (imkon qadar, amaliyot joyiga borib), shuningdek malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish dasturiga muvofiq hisobotlar tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahat berish vazifasi yuklatiladi.
50. Akademiya tomonidan tayinlangan malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish rahbari:
tinglovchining malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish jarayonida bo‘lishi, u tomonidanmalakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish dasturining bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladi;
malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish jarayonini o‘tash davomida tinglovchilar uchun nazariy, metodik va amaliy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi;
malakaviy amaliyoti va tajriba orttirish natijalari bo‘yicha hisobot tuzilishi hamda o‘z vaqtida kafedraga taqdim etilishini nazorat qiladi.
51. Tashkilot tomonidan tayinlangan malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirish rahbari:
tinglovchilarning malakaviy amaliyoti yoki tajriba orttirishni uning dasturiga muvofiq ravishda amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;