Yakuniy davlat attestasiyasi

Yakuniy davlat attestasiyasi

 

Akademiya bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlari va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi Akademiyadagi har bir ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar Akademiya tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Akademiyada yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibiga (60%) buyurtmachi tashkilotlar vakillari DAK raisi hamda a’zosi sifatida kiritiladi. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyalari Akademiyadagi mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha alohida komissiyalar ishtirokida tashkil etiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari hamda Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoya qilish o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi.