Qayta tayyorlash va malaka oshirish

Qayta tayyorlash va malaka oshirish

“QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH FAKULTЕTI” DЕKANATI HAQIDA
“Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti” dekanati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 15 apreldagi 220-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2018 yil 30 iyuldagi 599-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi PQ-4503-sonli “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash choar-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan tashkil etilgan.

“Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti” tinglovchilarga mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida davlat va jamiyat boshqaruvi bo‘yicha yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam ravishda yetkazib borishdan iborat.

“Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti”ning faoliyat yo‘nalishlari

“Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti” o‘z faoliyatini ikki yo‘nalishda olib boradi:

1. Bank, moliya va soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq 16 (o‘n olti) haftaga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari asosida qayta tayyorlanadi va bitiruvchilarga qayta tayyorlash kurslari yakuni bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom beriladi.

2. Manfaatdor vazirliklar hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislarining malakasi boshqaruv kadrlari hamda mutaxassislari malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq 4 (to‘rt) haftagacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirilib, bitiruvchilarga malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli qaroriga muvofiq “Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti”da tijorat banklari mutaxassis xodimlari uchun  

“Plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz amaliyotlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish”;

“Xalqaro valyuta-moliya operatsiyalari”;

“Tijorat banklarining bo‘limlari va filiallarining boshqaruvchilari uchun umumlashtirilgan kurs: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, yangiliklar va amaliyot”;

“Tijorat banklarida yangi bank xizmat turlari va sifatini oshirish yo‘llari”;  

“Tijorat banklari faoliyatini xalqaro me’yorlar va mezonlar asosida baholash”;

“Banklarning kredit operatsiyalari”;

“Tijorat banklarining bo‘limlari va filiallarining bosh buxgalterlari uchun umumlashtirilgan kurs: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, yangiliklar va amaliyot”;

“Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari: nazariy va amaliy asoslari”;

“Xalqaro audit standartlari asosida tijorat banklarida ichki auditning uslubiyoti”;

“Zamonaviy bank ishi va Bazel III tavsiyalari”;

“Tijorat banklarida risklarni boshqarish”.

Hamda Prokuratura hodimlari uchun: “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish” kabi mavzular bo‘yicha bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

Tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda “Mijozning psixologik qiyofasi. Mijozlar bilan ishlash xususiyatlari” mavzularida “O‘zingni angla” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi bosh direktor o‘rinbosari G.U.Utekova bilan hamkorlikda darslar tashkil etiladi.
    “Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti”da o‘qish uchun qo‘yilgan talablar
    Akademiyaning boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilar oliy ma’lumotli hamda tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan vazirlik va boshqa tashkilotlar xodimlari tarkibidan qabul qilinadi.
    Qayta tayyorlash kurslari dasturlari bo‘yicha o‘qitiladigan nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    nomzodning yuqori shaxsiy va kasbiy sifatlari;
    yuqori ma’naviy-ma’rifiy va odob-axloq sifatlari;
    yuqori ishchanligi, mehnatsevarligi, uyushqoqligi, mas’uliyatligi;
    ilmli, siyosiy va boshqaruv dunyoqarashining kengligi, eruditsiya, shuningdek, Akademiyadagi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun kerak bo‘ladigan tanlagan mutaxassisligi sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligi.

Xalqaro aloqalar:
    “Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti” dekanati bir necha yillardan buyon Chexiya Respublikasining Yevropa iqtisodiy tadqiqotlar va menedjement instituti va markazlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.
    “Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti”da xalqaro aloqalarni yanada kuchaytirish, ularda o‘qituvchilar va tinglovchilarning ishtirokini ta’minlash borasida uzoq yillarga mo‘ljallangan strategik reja ishlab chiqilgan.