Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo'limi
“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi
1. Tashkil etish va rivojlanishi tarixi:
“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limining tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tarixi bilan bevosita bog‘liqdir. “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 2 maydagi PF-1460-son “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-son “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 08 iyundagi №365 sonli “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalari – mamlakatda moliya-pul tizimini va bank ishini raqamli transformatsiya qilish, soliq siyosatini takomillashtirish, real sektor tarmoqlarini innovatsion moliyalashtirish strategiyasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirishdan iborat deb belgilangan.
Shuningdek akademiyaning quyidagi vazifalarini ijrosida:
– O‘zbekiston Respublikasida raqamli pul-moliya tizimini va bank ishini rivojlantirish strategiyasini;
– O‘zbekiston Respublikasi yagona va mintaqaviy bozorlarini kompleks va uyg‘un rivojlantirish hamda ularning xalqaro moliyaviy bozorlar tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi dasturlarini;
– banklarni va moliyaviy mexanizmni boshqarishning huquqiy va normativ bazasini takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqishda, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish ishlarini maqsadli va muntazam amalga oshirishda bo‘limning bevosita ishtiroki belgilangan.
2. Kadrlarni tayyorlash mutaxassisliklari:
“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi akademiya magistrantlarining barcha mutaxassisliklari uchun o‘quv jarayon bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
3. “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi xodimlari tarkibi va ilmiy salohiyati:
1. Xannayev Sherzod Qurbonnazarovich – iqtisodiyot fanlari doktori (PhD), «Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash» bo‘limi boshlig‘i;
2. Babanazarova Nilufar Xolmatovna - «Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash» bo‘limi bosh mutaxassisi;
Shu bilan birga, Bank-moliya akademiyasining ilmiy salohiyatini bo‘limning ilmiy xodimlari, kafedralarning professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, tadqiqotchilari va magistrantlari tashkil qiladi.
4. Faoliyat natijalari:
Ilmiy-tadqiqot natijalarini sarhisob qilish maqsadida “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi tomonidan har yili uch marotaba mamlakatimiz bank-moliya tizimini raqamlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiyotni innovatsion dasturlarini moliyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika miqyosidagi hamda akademiya magistrantlarining ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.
Shu bilan bir qatorda, tadqiqot natijalari ilmiy hisobotlar va ilmiy nashrlarda o‘z aksini topadi (monografiyalarda, ilmiy maqolalarda, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida), tayyorlangan bank-moliya va soliq idoralariga mo‘ljallangan analitik xatlarda o‘z ifodasini topadi.
5. Ilmiy izlanishlar va innovatsiyalar sohasi:
“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi akademiyaning tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
– O‘zbekiston Respublikasida pul-moliya tizimi va bank ishini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish;
– O‘zbekiston Respublikasi yagona va mintaqaviy bozorlarini kompleks va uyg‘un rivojlantirish hamda ularni xalqaro moliyaviy bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi muammolarini tadqiq etish;
– moliyaviy loyihalarni investitsion ta’minotini, ularni moliyalashtirishni innovatsion mexanizmi muammolarini tadqiq etish;
– banklarni va moliyaviy mexanizmni boshqarishning huquqiy va normativ bazasini takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish.
6. Xalqaro aloqalar va grantlar:
Akademiya professor-o‘qituvchilari an’anaviy xalqaro hamkorlar bilan, jumladan, Yaponiya Moliya vazirligi qoshidagi Siyosat tadqiqotlari instituti, Bremerxafen amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Shveysariya Milliy banki qoshidagi Gersenze o‘quv markazi, Praga iqtisodiyot va menejment universiteti (Chexiya), Keymyung universiteti (Koreya Respublikasi), International Islamic University Malaysia (Malayziya Xalqaro Islom universiteti), University Utara Malaysia, International Centre For Education In Islamic Finance (Malayziya) bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradilar. Ilmiy tadqiqotlarni xalqaro grantlar asosida amalga oshirish bo‘limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
7. Ishlab chiqarishga bog‘liqlik, malakaviy amaliyot va stajirovka:
Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari O‘zbekiston Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, respublika tijorat banklari, real sektor idora va vazirliklariga taqdim etilgan.
8. Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimlarining ish faoliyatidagi yutuqlari:
Akademiyada O‘zbekiston Hukumati tomonidan belgilangan maqsadli vazifalarni ijrosi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud: axborot resurs markazi, zamonaviy o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy adabiyotlar fondi, Internet portallari, kompyuter dasturlari va h.k.
“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limida samarali mehnat qilgan olimlarni fahr bilan eslash mumkin:
O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan fan arboblari –
i.f.d., prof. O‘lmasov Axmad O‘lmasovich;
i.f.d., prof. Shodiyev Rustam Xamidovich;
i.f.d., prof. Akramov Ergash Akramovich;
i.f.d., prof. Toshmatov Shuxrat Amonovich.