Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha
E-mail: m.yaqubov@bfa.uz,
Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.
KAFEDRA HAQIDA
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi Bank-moliya akademiyasining mutaxassislik tayyorlovchi kafedrasi hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1460-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.
Professor A.K. Ibragimov — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, "Moliya va Bank ishi” ilmiy jurnali hamda International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS tahririyati a’zosi hisoblanadi.
Magistratura tinlovchilariga “Banklarda molyaviy hisobotning xalqaro standartlari”, “Auditning xalqaro standartlari”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlaridan dars beradi.
Professor U.A. Nurmanov — “TRENDS IN BUSNESS ADMINISTRATION” (International journal of) va “Moliyaviy texnologiyalar” ilmiy electron jurnal tahririyati a’zosi. Magistratura tinglovchilariga Iqtisodiy tahlil, Moliyaviy hisobot tahlili, Strategik tahlil, Biznes tahlili fanlaridan dars beradi. Yaponiya va Belorussiya davlatlarida malaka oshirgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda joriy aktivlar tahlili metodologiyasi ilmiy tadqiqot olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar chop etgan.
PhD, katta o’qituvchi M.A.Yarqulova — I.M.Gubkin nomidagi (milliy tadqiqot universiteti) Rossiya Davlat neft va gaz universitetining bitiruvchisi. Magistratura tinglovchilariga Strategik boshqaruv hisobi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Boshqaruvchilarga moliyaviy hisob fanlaridan dars beradi.
So’nggi yillarda. M.A. Yarkulova 2024 yil avgust oyida “Norma” Malaka oshirish markazida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot. Asoslar” bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomlagan va №FOM–0023 sonli guvohnoma bilan taqdirlangan.
M.A. Yarkulova 2024 yil fevral–mart oylarida “Ilmiy tadqiqotlarda ma’lumotlardan foydalanishda xalqaro yondashuvlar va ilg‘or tajribalar” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan. Dastur Munis loyihasi doirasida Xalqaro bank va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
M.A. Yarkulova 2024 yil 23–24 iyun kunlari davomida Perm “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot markazida “Talabalarning loyihaviy faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha 16 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
M.A. Yarkulova 2024 yil 5 iyundan 15 iyungacha bo‘lgan muddatda “OOO Al-Terra” o‘quv markazida “Boshqaruv hisobi, samaradorlik ko‘rsatkichlari va kontrolling tizimi” bo‘yicha 12 soatlik malaka oshirish kursini tamomlagan va №AT 109232 sonli sertifikat olgan.
2025 yil Scopus bazasida «Human capital, Energy Sustainable Development» monografiyasida “The empirical assessment of the relationship between FDI and sustainable development in lower-middle-income countries” maqolasi chop etilgan.
Nufuzli milliy va xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar chop etgan.