Ko‘rinish
Shrift o‘lchami
Xo‘jalik bo‘limi
Ишанджанов Тўлашбек Ишанджанович - Хўжалик мудири
тел: +99871 237-45-51
эл.почта: office@bfa.uz
Зухритдинова Адиба Эркиновна - Омбор мудири
тел: +99871 237-45-51
эл.почта: office@bfa.uz
Қурбонов Фазлиддин Фарход ўғли - Комендант
тел: +99871 237-53-62
эл.почта: office@bfa.uz
UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son “Taʼlim to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Bank-moliya akademiyasi Nizomi hamda Akademiyaning kengashining 2022-yil 28-martdagi 7-son bayonnomasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Xo‘jalik bo‘limi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Xo‘jalik bo‘limi (keyingi oʻrinlarda – Bo‘lim deb yuritiladi) Bank-moliya akademiyasining (keyingi o‘rinlarda – Akademiya deb yuritiladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
BO‘LIMNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida, Akademiya Kuzatuv Kengashining qarori asosida, Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.
Bo‘limining tuzilishi va uning shtatlari Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari, shuningdek mazkur Nizom asosida o‘z faoliyatini tashkil etadi.
BO‘LIM VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI
Bo‘limning barcha xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, tegishli organlarning yo‘riqnoma, topshiriq va boshqa hujjatlariga, Akademiya rektorining buyruq va farmoyishlariga hamda mazkur nizomga amal qiladilar.
Bo‘lim o‘z faoliyatida Akademiyaning Moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.
Mazkur nizom bo‘lim faoliyatining asoslarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Xo‘jalik bo‘limi Akademiya bo‘linmalariga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatadi, Akademiya binosi va unga biriktirilgan hududni yong‘in xavfsizligi va sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda saqlaydi.
Xo‘jalik bo‘limini bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. U moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektor tavsiyasiga binoan Akademiya rektorining buyrug‘i asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Binodan foydalanish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari bo‘limning barcha xodimlari tomonidan ijro etilishi uchun majburiy hisoblanadi.
Binodan foydalanish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Akademiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda hamda bo‘lim vazifalarining bajarilishini inobatga olib bo‘lim xodimlarining ish tartibini belgilaydi.
Xo‘jalik bo‘limi strukturasi bo‘lim boshlig‘i tomonidan xo‘jalik xizmatlari funksiyalarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, shuningdek Akademiya tuzilmasini hisobga olgan holda belgilanadi va Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Bo‘limning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Bo‘limning huquq va majburiyatlari