Axborot texnologiyalariga asoslangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
Tinglovchilarni ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda ilmiy-omınabop, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ma’naviy boy va barkamol shakllangan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
Tinglovchilar, izlanuvchilar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, bank-moliya muassasalari foydalanuvchilarga kutubxona fondidan foydalanishda bibliografik xizmat ko‘rsatish;
Kitobxonlami adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda iqtisodiyot, bank va moliya sohasiga oid kitoblar bilan ta’minlash, kutubxona fondini shakllantirish;
Ma'lumotlar bazasi, elektron kataloglarni tashkil qilish va yuritish;
Axborot rnadaniyatini shakllantirish va tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy uslublariga o‘rgatish;
Axborot-resurs markazi xizmat turlari kengaytirish, avtomatlashtrilgan kutubxona dasturlari sifatini oshirish;
Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ishlar olib borish.
Axborot-resurs markazining funksiyalari:
Axborot-resurs markazi faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash va kitobxonga yetkazib berishda zamonaviy telekommunikatsiya kanallari vositasi va elektron texnologiyalarini qo‘llash;
Kitobxonlarga yagona guvohnoma bo‘yicha yakka va guruhli xizmat ko‘rsatish;
Axborot-resurs markazi kataloglarini elektron ko‘rinishi va to‘liq mantli ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga taqdim etish;
Axborot-resurs markazi fondining tarkibi haqida kataloglar tizimi, kutubxona axborot shakllari, ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan holda to‘liq axborot berish;
Nashr asarlari, kutubxona fondini boshqa hujjatlarini qidirish va tanlashda, ularni vaqtinchalik foydalanishga maslahat yordamini ko‘rsatish;
Akademiyaning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlariga bibliografik ko’rsatkichlar, adabiyotlar ro’yxatini tuzish hamda mavzular, manzilli va bibliografik ma’lumotlar to‘plash, kitoblar ko‘rgazmasini tashkil qilish;
Elektron katalogdagi ma’lumotlar bazasidan izlash usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilish;
Professor-o’qituvchilar bilan kelishgan holda kutubxona fondini o’quv, ilmiy davriy, ma'lumotnoma va boshqa nashr mahsulotlari va hujjatlari bilan ta’minlash;
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan, Akademiya rahbariyati bilan kelishgan holda kutubxona fondidan hujjatlarni hisobdan chiqarish;
Axborot-resurs markazi ishiga ilg‘or va axborotga doir texnologiyalarini joriy qilish;
Kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish maqsadida, kutubxona- bibliografık faoliyatini va yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish uchun kutubxona xodimlarining malakasini oshirish;
Akademiyada foydalanuvchilarning kitobdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida muntazam ish faoliyatini olib borib, choraklik-yillik hisobotlarni Akademiya rahbariyatiga taqdim etish, monitoring o‘tkazish va ularning natijalarini kafedralar majlisiga va dekanatga taqdim etish.