Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i: Alimardonov A.A.
Tel.: +998 71 237 50 11, +998973800078
E-mail: office@bfa.uz
Bank-moliya akademiya tarkibidagi Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Bank-moliya akademiya tarkibiga kiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda BMA rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda BMA rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.
Bo’limning asosiy maqsadi- akademiya tinglovchilari bilim, ko’nikma malakalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, ichki attestatsiyadan o’tkazilishni tashkil etish va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini ko’rish bo’yicha akademiya rahbariyatiga takliflar berish, zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh va yetuk kadrlar tayyorlashda munosib hissa qo’shishda iboratdir.
Bo’lim faoliyatining asosiy tamoyili: “Ta’lim jarayoni sifatli bo’lishiga intilish va doimo sifatli harakatda bo’lish”.
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: