Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti
Tel.: +99871 237-53-16
E-mail: deanoffice@bfa.uz
Rahmonov Nuriddin Muhammadjonovich - fakultet dekani o‘rinbosari
Tel.: +99871 237-53-16
El. pochta: deanoffice@bfa.uz
Alimova Zuhra Nosirovna - bosh mutaxassis
Tel.: +99871 237-53-16
El. pochta: deanoffice@bfa.uz
“BOSHQARUV KADRLARINI TAYYORLASH”
fakulteti dekanati to‘g‘risida
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti dekanati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi nizom, 1996-yil 17-maydagi 180-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 15-aprel 220-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 599-son qarori va 2020-yil 8-iyundagi “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 365-son qarorlari asosida faoliyat yuritadi.
Dekanat faoliyati tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tinglovchilarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi.
Fakultet dekanati Akademiyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borilishini ta’minlash, shuningdek kafedralar tomonidan o‘quv jarayonini sifatli tashkil etilishi uchun tegishli sharoitlar yaratadi.
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti dekanati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ qaror va farmoyishlariga, Akademiya Ustavi, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlariga hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.
BOSHQARUV KADRLARINI TAYYORLASH FAKULTETI DEKANATINING ASOSIY FUNKSIYASI VA VAZIFALARI