Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

 

 

тел: +99871 237-54-01

 

 

Саидов Бекзод Тўраевич - "Қайта тайёрлаш ва малака ошириш" факультети услубчиси

тел: +99871 237-54-01

эл.почта: frashidov@bfa.uz


Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti to‘g‘risida


 Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-576-son “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
31-oktabrdagi PQ-4503-son “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son  “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-son “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb yuritiladi) tarkibidagi Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti (keyingi o‘rinlarda Fakultet deb yuritiladi) faoliyatini belgilaydi.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari hamda iqtisodiyotning real sektoridagi turli korxona va kompaniyalar rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davlat budjetidan yillik parametrlar doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘lari, grantlari, xo‘jalik faoliyati hamda qisqa muddatli kurslardan olingan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, o‘z faoliyatini akademiyaning boshqa bo‘lim va markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Fakultet tarkibi dekan va uslubchidan iborat bo‘lib, bevosita O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi. 


Fakultetning maqsadi va vazifalari


  • Respublika tijorat banklari, moliya va soliq tizimi xodimlari (“Bank ishi”, “Moliya” va “Soliq ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha) uchun qayta tayyorlov hamda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish; 
  • Respublikaning real sektoridagi turli korxona va kompaniyalari va idoralari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida qisqa muddatli maxsus kurslarni amalga oshirish;
  • Malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslarining o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish;
  • Ushbu kurslarda mashg‘ulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada o‘tkazish uchun zarur o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazani shakllantirish;
  • Sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni dars jarayoniga olib kirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan ustuvor vazifalar va yo‘nalishlarga muvofiq ravishda o‘quv dasturlarini muntazam ravishda yangilab borish;
  • Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va mamlakatimizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining yuqori malakali o‘qituvchilarini, xorijiy mutaxassislarni, o‘quv-uslubiy xodimlarni, respublika bank-moliya tizimi va boshqa turli tashkilotlarning yetakchi amaliyotchi mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlariga keng jalb etish;
  • Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumot bazasini shakllantirish, zamonaviy innovatsion pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
  • O‘tilgan o‘quv mashg‘ulotlarining muhokama qilinishi va tanqidiy tahlil etilishiga asoslangan so‘rovnomalarni muntazam ravishda olib borish;
  • Xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek respublika-dagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish;
  • Bank, moliya, soliq, sug‘urta, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvi sohasida malaka stajiga ega bo‘lgan bank-moliya tizimi, davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, jamoat va xo‘jalik tuzilmalaridagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • Davlat dasturlari va buyurtmalariga muvofiq bank, moliya, soliq, sug‘urta, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi ilmiy-tahliliy materiallarni tayyorlash, tinglovchilarni tegishli o‘quv materiallari va elektron axborotlar bilan ta’minlash;
  • Boshqaruv sohasining turli yo‘nalishlariga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-uslubiy ishlanmalar, namunaviy dasturlar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  • Respublikaning bank-moliya muassasalari va boshqa tashkilotlarning buyurtmasiga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarning (maxsus kurs) dasturini ishlab chiqish