Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo'limi

Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo'limi

тел: +99871 2375011

эл.почта: office@bfa.uz

Бўлим бош мутахассиси

тел: +99871 237-50-11

эл.почта: office@bfa.uz

 

Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo‘limi

1. Tashkil etish va rivojlanishi tarixi:

Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo‘limining tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tarixi bilan bevosita bog‘liqdir. “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 2 maydagi PF-1460-son “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-son “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 08 iyundagi №365 sonli “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari – mamlakatda moliya-pul tizimini va bank ishini raqamli transformatsiya qilish, soliq siyosatini takomillashtirish, real sektor tarmoqlarini innovatsion moliyalashtirish strategiyasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirishdan iborat deb belgilangan.

Shuningdek akademiyaning quyidagi vazifalarini ijrosida:

– O‘zbekiston Respublikasida raqamli pul-moliya tizimini va bank ishini rivojlantirish strategiyasini;

– O‘zbekiston Respublikasi yagona va mintaqaviy bozorlarini kompleks va uyg‘un rivojlantirish hamda ularning xalqaro moliyaviy bozorlar tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi dasturlarini;

– banklarni va moliyaviy mexanizmni boshqarishning huquqiy va normativ bazasini takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqishda, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish ishlarini maqsadli va muntazam amalga oshirishda bo‘limning bevosita ishtiroki belgilangan.

2. Kadrlarni tayyorlash mutaxassisliklari:

“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi akademiya magistrantlarining barcha mutaxassisliklari uchun o‘quv jarayon bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

3. “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi xodimlari tarkibi va ilmiy salohiyati:

1. Xannaev Sherzod Qurbonnazarovich – iqtisodiyot fanlari doktori, «Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash» bo‘limi boshlig‘i;

2. Babanazarova Nilufar Xolmatovna - «Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash» bo‘limi bosh mutaxassisi;

Shu bilan birga, Bank-moliya akademiyasining ilmiy salohiyatini bo‘limning ilmiy xodimlari, kafedralarning professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, tadqiqotchilari va magistrantlari tashkil qiladi.

4. Faoliyat natijalari:

Ilmiy-tadqiqot natijalarini sarhisob qilish maqsadida “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi tomonidan har yili uch marotaba mamlakatimiz bank-moliya tizimini raqamlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiyotni innovatsion dasturlarini moliyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika miqyosidagi hamda akademiya magistrantlarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.

Shu bilan bir qatorda, tadqiqot natijalari ilmiy hisobotlar va ilmiy nashrlarda o‘z aksini topadi (monografiyalarda, ilmiy maqolalarda, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida), tayyorlangan bank-moliya va soliq idoralariga mo‘ljallangan analitik xatlarda o‘z ifodasini topadi.

5. Ilmiy izlanishlar va innovatsiyalar sohasi:

“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi akademiyaning tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

– O‘zbekiston Respublikasida pul-moliya tizimi va bank ishini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish;

– O‘zbekiston Respublikasi yagona va mintaqaviy bozorlarini kompleks va uyg‘un rivojlantirish hamda ularni xalqaro moliyaviy bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi muammolarini tadqiq etish;

– moliyaviy loyihalarni investitsion taʼminotini, ularni moliyalashtirishni innovatsion mexanizmi muammolarini tadqiq etish;

– banklarni va moliyaviy mexanizmni boshqarishning huquqiy va normativ bazasini takomillashtirishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish.

6. Xalqaro aloqalar va grantlar:

Аkademiya professor-o‘qituvchilari anʼanaviy xalqaro hamkorlar bilan, jumladan, Yaponiya Moliya vazirligi qoshidagi Siyosat tadqiqotlari instituti, Bremerxafen amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Shveytsariya Milliy banki qoshidagi Gertsenze o‘quv markazi, Praga iqtisodiyot va menejment universiteti (Chexiya), Keymyung universiteti (Koreya Respublikasi), International Islamic University Malaysia (Malayziya Xalqaro Islom universiteti), University Utara Malaysia, International Centre For Education In Islamic Finance (Malayziya) bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradilar. Ilmiy tadqiqotlarni xalqaro grantlar asosida amalga oshirish bo‘limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

7. Ishlab chiqarishga bog‘liqlik, malakaviy amaliyot va stajirovka:

Аmalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari O‘zbekiston Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari Аssotsiatsiyasi, respublika tijorat banklari, real sektor idora va vazirliklariga taqdim etilgan.

8. Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimlarining ish faoliyatidagi yutuqlari:

Аkademiyada O‘zbekiston Hukumati tomonidan belgilangan maqsadli vazifalarni ijrosi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud: axborot resurs markazi, zamonaviy o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy adabiyotlar fondi, Internet portallari, kompьyuter dasturlari va h.k.

“Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” bo‘limida samarali mehnat qilgan olimlarni fahr bilan eslash mumkin:

O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan fan arboblari –

i.f.d., prof. O‘lmasov Аxmad O‘lmasovich,

i.f.d., prof. Shodiev Rustam Xamidovich,

i.f.d., prof. Аkramov Ergash Аkramovich;

i.f.d., prof. Toshmatov Shuxrat Аmonovich.

i.f.d., prof. Jumaev Nodir Xosiyatovich;

 

Ilmiy grantlar va tadqiqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligining amaliy fanlar bo‘yicha 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan grant loyihalari

Loyiha nomi

Buyurtmachi

Hudud

Vaqti

Loyixa raxbari

1

PZ-20170929152 raqamli “O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish maqsadida global iqtisodiy va innovatsion rivojlantirish indekslarida ishtirokini kengaytirishni ilmiy-uslubiy tadqiq qilish” mavzusidagi ilmiy loyiha

UzR IRV

O‘zbekiston

2018-2019-2020

i.f.d., dots. Sattarov O.B.

2

PZ-20170929144 raqamli “Byudjet loyihalari maqsadi va indikatorlarini baholashning tavsifiy yondashuvlarini aniqlash” mavzusidagi ilmiy loyiha

UzR IRV

O‘zbekiston

2018-2019-2020

i.f.n. Li А.N.

3

PZ-2017092964 raqamli “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy loyiha

UzR IRV

O‘zbekiston

2018-2019-2020

i.f.n., dots. Berdiyarov B.T.

4

PZ-20170928534 raqamli “O‘zbekiston eksportyor korxonalarining rivojlanish ehtiyojlarini innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy loyiha

UzR IRV

O‘zbekiston

2018-2019-2020

k.f.-m.n.,

dots. Butaboev

5

№ 9043732 “Markaziy bankning makroprudentsional va monetar siyosatlari instrumentlarining o‘zaro muvofiqligini taʼminlashning nazariy-amaliy asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot

O‘zR Markaziy banki

O‘zbekiston

24.04.2019-24.07.2019

i.f.n. Dodiev Foziljon Utkirovich

 

Xalqaro aloqalar va dasturlar

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining xalqaro faoliyati to‘g‘risida

MА’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli qaroriga binoan respublikaning bank-moliya tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi xorijiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. 1996 yildan beri Аkademiya chet ellik sheriklar ishtirokida quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

1. 1996 yildan beri akademiya Yaponiya Moliya vazirligi qoshidagi Siyosiy tadqiqotlar instituti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bir necha yillar davomida akademiyaning 203 talabasi va 42 o‘qituvchisi Yaponiyada amaliyot dasturlarida qatnashdilar. Shuningdek, akademiyaga 200 dan ortiq Yaponiya moliya vazirligi, banklari, universitetlari va kompaniyalarining rahbarlari va mutaxassislari tashrif buyurdilar, ular talabalar va o‘qituvchilar uchun bank-moliya sohasiga oid mavzularda maʼruzalar qildilar.

Fanlar akademiyasining Ilmiy kengashining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining bank-moliya tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shganligi uchun Yaponiyaning sobiq moliya vaziri Masajuro Shiokava, Osiyo taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Tadao Chino, Yaponiya bosh vazirining o‘rinbosari va moliya vaziri Taro Аso bank va moliya fani bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faxriy doktori» unvoniga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, Yaponiya Moliya vazirligi qoshidagi Siyosiy tadqiqotlar instituti vakili janob Kensaku Munenaga O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining birinchi prorektori bo‘lib, akademiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

2. 2012 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Buyuk Britaniya Elchixonasi va Toshkentdagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda xalqaro sertifikatlangan seminarlarni tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. O‘shandan beri BАT universiteti va Buyuk Britaniyaning London-Metropolitan universiteti professorlari tomonidan xalqaro moliya, bank va audit, soliq va soliqqa tortish bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, unda 200 dan ortiq talabalar muvaffaqiyatli qatnashdilar va xalqaro sertifikatlarga sazovor bo‘ldilar.                        

3. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Germaniyaning Bremerxaven amaliy fanlar universiteti bilan yaqin hamkorlik o‘rnatdi. O‘shandan beri har yili akademiya talabalari uchun zamonaviy bank ishi, xalqaro moliya tizimi va investitsiyalarni boshqarish mavzularida yozgi o‘quv dasturlari tashkil qilinmoqda. Hozirgi kunda akademiyaning 212 talabasi va 13 o‘qituvchisi zamonaviy bank ishlarini tashkil etish, xalqaro moliya va investitsiyalarni boshqarish mavzularida ishtirok etishdi.

4. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Germaniya Doyche banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi va o‘sha yili Аkademiya Doyche Bank mutaxassislari tomonidan "Korporativ moliya va investitsiyalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish" mavzusida trening tashkil qildi. 2015 yilda Аkademiya Doyche Bankning korporativ va jamoat hamkorligi dasturi doirasida "Korporativ moliya va global bozorlar" mavzusida trening o‘tkazdi. Ushbu tadbirlarda Аkademiyaning 80 dan ortiq talabalari qatnashdilar va oxirida ularga xalqaro sertifikatlar topshirildi. Va kelajakda Doyche Bank va Аkademiya bilan hamkorlikda har yili bunday treninglarni tashkil etish rejalashtirilgan.

5. 2007 yildan beri Shveytsariya Milliy Bankidagi Gertsenzi o‘quv markazi akademiya talabalarini markaziy bank xodimlari uchun o‘tkaziladigan seminarlarga taklif qilmoqda. Hozirgi kunda akademiyaning 15 dan ortiq talabalari pul-kredit siyosati, inflyatsiyani prognozlash, moliyaviy barqarorlik, moliya bozori vositalari va boshqa mavzularda seminarlarda faol qatnashdilar.

6. Аkademiyaning Yevropadagi eng yaqin hamkorlaridan yana biri Pragadagi amaliy fanlar va menejmentning Yevropa instituti. Ushbu o‘quv muassasasi bilan hamkorlik doirasida akademiya talabalari Chexiya va Yevropa bank tizimlari, davlat moliyasini boshqarish, pensiya va soliq tizimlari, sug‘urta sohasida malaka oshirishadi.

7. 2007 yilda Malayziyaning texnik hamkorlik dasturi (MHD) bilan hamkorlik o‘rnatilgandan so‘ng akademiya talabalari va o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, MHD dasturi granti doirasida akademiyaning 21 talabasi va 1 o‘qituvchisi 2014 yil 7-21 noyabr kunlari Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan "Malayziyaning davlat moliyasini boshqarish, pensiya, sug‘urta va soliq tizimi" o‘quv dasturida ishtirok etishdi. Аmaliyot davomida Malayziyada soliq, moliya, pensiya, sug‘urta va byudjet siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dasturning amaliy qismida akademiya talabalari Malayziyaning Soliq boshqarmasi, Malayziya Pensiya jamg‘armasi, Davlat xizmatlari departamenti, Malayziya sug‘urta instituti va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurishdi.

8. Oxirgi yillarda erishilgan yutuqlardan biri Koreya Respublikasining Keymyung universiteti bilan 2012 yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumdir. Hamkorlik doirasida Keymyung universiteti 10 nafar o‘qituvchisi Аkademiyaga tashrif buyurib, tinglovchilarga bank va moliya sohasidagi so‘nggi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida maʼruzalar o‘tdilar. Bundan tashkari 40 tinglovchi va o‘qituvchilar Koreya Respublikasi bank va moliya tizimi bo‘yicha tajriba orttirishda 2015, 2016 yillarda ishtirok etdilar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi dunyoning boshqa mamlakatlarining moliya va taʼlim tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Аkademiya tashkil etilganidan beri 200 dan ortiq tinglovchi va o‘qituvchi-xodimlari Koreyaning Yodju texnologiya institutida, Shanxay universitetida, Hindiston xalqaro texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasidagi kurslarda, Turkiyaning xalqaro hamkorlik agentligi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya davlat universiteti, АQSh Federal rezerv tizimi, Misr bank faoliyati dasturlarida va stajirovkalarda qatnashdilar.

10. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Polsha Oliy bank ishi maktabi o‘rtasida o‘zaro Аnglashuv Memorandumi imzolandi.

11. 2018 yil 18 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Rossiya Federatsiyasinig Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Shartnomasi tuzildi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy tadqiqot moliya instituti” Federal davlat byudjet instituti bilan o‘zaro anglashinuv memorandumini imzoladi.

13. JP Morgan Chase & Co Vise Prezidenti Akmal Xamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida volontorlik asosida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Аkademiyaning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikdagi xalqaro akademik dasturlarni joriy etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi 220 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Аkademiya:

- bank, moliya va soliq tizimlari tashkilotlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida professor-o‘qituvchi kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning stajirovkasini belgilangan tartibda tashkil etish;

-professor-o‘qituvchilar, kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning xalqaro ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash;

-professor-o‘qituvchi kadrlar, xodimlar va tinglovchilarning xorijiy stajirovkasi, ularning turli xalqaro taʼlim va tadqiqot dasturlarida ishtirok etishini amalga oshirish maqsadlarida xalqaro faoliyat olib boradi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kengashining 2017 yil 4 oktyabrdagi 2-sonli bayonnomasi bilan maʼqullangan “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” da Rektoratga, Xalqaro aloqalar, amaliyot va tajriba orttirish bo‘limiga, markazlar va kafedralarga:

- xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik miqyosini kengaytirish;

- anʼanaviy xalqaro hamkorlar bilan akademik almashuv dasturlarini yanada kengaytirishga va ularning samarasini oshirish;

- xalqaro taʼlim dasturlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlar elchixonalari va vakolatxonalari, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, texnik yordam, o‘quv va ilmiy grantlari olish bilan bog‘liq faoliyatni jadallashtirish;

- taʼlim va tadqiqotlar jarayonlariga yetakchi xorijiy ekspertlar va taniqli olimlarni jalb etishni kengaytirish kabi vazifalari belgilangan.

2018/2019 o‘quv yilida Аkademiya xalqaro faoliyati doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- anʼanaviy hamkorlar – Yaponiya Moliya vazirligi qoshidagi Siyosat tadqiqotlari instituti, Germaniyaning Bremerxafen amaliy fanlar universiteti, Shveytsariya Milliy banki qoshidagi Gertsenzee o‘quv markazi, Аvstriyaning Vena birlashgan instituti, Chexiyaning Yevropa amaliy fanlar va boshqaruv instituti bilan hamkorlikda hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari –Hindiston texnik hamkorlik dasturi, “Rome International Careers Festival 2019” doirasida Yevropaning nufuzli tashkilotlari menejerlari tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Rome Business Game 2019” forumi, Latviyaning Liepay universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tajriba ortirish dasturi doirasida jami 97 nafar tinglovchi hamda 5 ta professor-o‘qituvchi va xodimlarning (M.Yuldashev, D.Raxmonov, I.Niyazmetov, N.Jumaev, M.Razzakova) xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish amaliyoti tashkil etildi;

- Yaponiya Siyosiy tadqiqotlari instituti, CEC mustaqil eksperti, Buyuk Britaniyaning London bank ishi va moliya instituti, Vaseda universiteti professorlari va ekspertlari hamda Germaniya Federativ Respublikasi elchisining ma’ruzalari va seminar-treninglari tashkil etildi.

2019/2020 o‘quv yilida Аkademiya xalqaro faoliyati doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- 2019 yil 25 oktyabrda tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga xorijiy mutaxassis va olimlarni jalb qilish uchun chet el elchixonalari va vakolatxonalariga Ilmiy markaz bilan birgalikda taklif xatlari yuborildi;

-anʼanaviy hamkorlar – Yaponiya Siyosat tadqiqotlari instituti, Germaniya Bremerxafen universiteti, Chexiyaning Yevropa amaliy fanlar va boshqaruv instituti bilan hamkorlikda tinglovchilar uchun xorijiy tajriba orttirish dasturlari tayyorlanmoqda;

- yangi hamkorlik yo‘nalishlari –Germaniyaning Frankfurt Moliya va boshqaruv maktabi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. “Moliya” kafedrasi tashabbusi bilan Latviyaning Liepaya universiteti bilan hamkorlikda Yozgi tajriba orttirish dasturi tashkil etildi.

2021/2022 o‘quv yilida Аkademiya xalqaro faoliyati doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- 2021 yil 22 oktyabrda Markaziy Osiyo va Kavkazni o‘rganish tadqiqot Instituti bosh direktori Tetsudji Tanaka (Yaponiya) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tanaka janoblari xalqaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida 50 yillik malakaga ega va 25 yil davomida Yaponiya bankida, 10 yil “Toshiba” kompaniyasida ishlaganlar. Tashrif doirasida akademiya talabalari bilan ingliz tilida ochiq dialog bo‘lib o‘tdi.

- 2021 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Gazprombank” bilan xamkorlikda “Uzmilliybank” ko‘magida «HR da tahlil va dashboards» mavzusida video-seminar bo‘lib o‘tdi.

- 2021 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tomonidan Gazprombank va O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki ko‘magida “Fintex nima va kelgusi yillarda qanday fintex mahsulotlarini ko‘ramiz?” mavzusida onlayn-seminar o‘tkazildi.

- O‘zbekiston parlament aʼzolari delegatsiyasi xalqaro kongressning xalqaro yetakchilik bo‘yicha vakolatxonasi (COIL) tomonidan tashkillashlirilgan 10 kunlik tashrif bilan АQSh da safarda bo‘lib qaytdi. O‘zbekiston senatorlari va deputatlari Washington DC da kutib olindi va keyingi 7 kunni Santa Fe,NM da o‘tqazdi.

- 2022 yil 8 iyun kuni Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori Maksimtsev Igorь Аnatolьevich va boshqa masʼul xodimlar rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga kelishdi. Bank-moliya akademiyasida Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

- Bank-moliya akademiyasida Gazprombank ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bank-moliya akademiyasi rektori v.b. E.Xoshimov, o‘z navbatida, Gazprombank tomonidan o‘tkazilgan kurslarning dolzarb mavzularga bag‘ishlanganligini taʼkidlagan holda, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonida xodimlardan talab qilinadigan yangi kompetentsiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, Аkademiya platformasida Gazprombankning virtual kompetentsiyalar markazini tashkil etish masalasi, kontentni to‘ldirish va tinglovchilar bilimini baholab borish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yuqoridagi hamkorlik yo‘nalishlarini amalga oshirishni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama uzoq muddatli shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

- Handong Global University vakillaridan iborat Janubiy Koreya delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Bank-moliya akademiyasida bo‘ldi. Kelishuvlarning amaliy ijrosi sifatida, Handong Global University professorlari tomonidan Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun UNESCO/UNITWIN dasturi doirasida grant loyihalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda “Moliya va kapital bozoridagi raqamli transformatsiya: Rivojlanayotgan mamlakatlarda nima sodir bo‘lmoqda?”, “Korporativ moliyalashtirishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi” hamda “Raqamli transformatsiya” mavzulari muhokama qilindi.

- 2022 yil 8 iyundagi shartnomaga asosan belgilab olingan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida Bank-moliya akademiyasi vakillarining Sankt-Peterburg shahriga safari tashkil etildi. Safar davomida vakillarimiz "Zamonaviy Rossiyada banklar va moliya bozorlari" mavzusidagi malaka oshirish dasturi doirasida amaliy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar va xorijiy amaliyotni o‘rgandilar.

- 2022 yil 1 iyul kuni Bank-moliya akademiyasi hamda International Islamic University Malaysia rasmiylari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar jarayonida Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarining “EDU-TOUR 2022” doirasida Malayziyada tashkil etiladigan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirokini taʼminlash bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Tashrif dasturiga asosan tinglovchilar Malayziya universiteti taʼlim jarayonlari bilan tanishadilar hamda Executive Certificate of Islamic Banking and Finance (e-CIBF) taʼlim dasturi va banklar faoliyatini o‘rganadilar. Shuningdek, International Islamic University Malaysia professor-o‘qituvchilarini Bank-moliya akademiyasida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

-2022 yil iyul oyida Bank-moliya akademiyasi 30 nafar tinglovchilari Chexiyaning Yevropa amaliy bilimlar va menejment instituti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi bo‘yicha 2 haftalik xorijiy amaliyot o‘tash uchun Chexiyaning Praga shahrida bo‘ldilar. Safar davomida tinglovchilarimiz "Chexiyada bank-moliya tizimi tajribasi va zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari" dasturi doirasida amaliy dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Dastur doirasida tinglovchilar Chexiya milliy banki, "Chexiya invest" kompaniyasi va boshqa tashkilotlarning amaliy tajribasi ham o‘rganildi.

- 2022 yil iyul oyida Bank-moliya akademiyasi hamda Malayziyaning Islamic Business School (IBS) rasmiylari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida islom moliyasi, islom iqtisodi va islom boshqaruvi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

- 2022 yil 1 avgustdan BMА da yaponiyalik olim prorektor sifatida faoliyat boshladi. Yaponiya Moliya vazirligining Siyosiy tadqiqotlar instituti vitse-prezidenti Minoru Nakamura O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining birinchi prorektori sifatida faoliyat boshladi. Shu munosabat bilan Bank-moliya akademiyasi rahbariyati va Yaponiya Moliya vazirligining Siyosiy tadqiqotlar instituti vakillari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

- 2022 yil avgust oyida BMАda «Gazprombank» aktsionerlik jamiyati va NBU bilan hamkorlikda xalqaro seminar o‘tkazildi. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi «Gazprombank» aktsionerlik jamiyati va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

- 2022 yil avgust oyida BMА da “Loyihalarni moliyalashtirishda risklarni boshqarish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Ushbu seminar doirasida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha ham bir qator ishlar rejalashtirilgan.

- 2022 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida «Gazprombank» aksiodorlik jamiyati va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda “Raqamli bank faoliyatida sunʼiy intellekt va Big Deita” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Sunʼiy intelekt va katta maʼlumotlardan foydalanish biznes va davlat uchun sifat standartlarini ishlab chiqish, ularga rioya qilish hamda nazorat qilishda ajralmas talabga aylandi. Seminarda akademiya tinglovchilari, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

- 2022 yil 8-9 avgust kunlari Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi. Seminarda “Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy natijalarni prognozlash” hamda “ Yaponiya moliya institutlarida korporativ boshqaruv”, “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari” kabi mavzular muhokama qilindi.

- Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi. Seminarda “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari” mavzusi muhokama qilindi. Yaponiya Markaziy bankining iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i Dr. Nao Sudo tomonidan qilingan taqdimot davomida pandemiyaning dunyo moliyaviy va iqtisodiy tizimlariga taʼsiri batafsil yoritib berildi.

- 2022 yil sentyabr oyida Bank-moliya akademiyasi va International Islamic University Malaysia universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan bir guruh tinglovchilar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etib keldilar. Malayziya xalqaro Islom universitetida tashkil etilgan “Short-Course in Islamic Banking and Finance (Scibf)” kursida vakillarimiz Islom banki va moliyasi bo‘yicha amaliy tajribani o‘rgandilar. Kurs yakunida ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

- 2022 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatining yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy tashrif bilan Kuala Lumpur shahrida bo‘ldi. Safar davomida Malayziya Xalqaro Islom universiteti (International Islamic University Malaysia), Malayziya Shimoliy universiteti (University Utara Malaysia) hamda Islomiy moliya bo‘yicha xalqaro taʼlim markazi (International Centre For Education In Islamic Finance) rasmiylari bilan muloqotlar olib borildi. Muzokaralar jarayonida hamkorlikda double-degree dasturlarini tashkil etish, ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha texnik ko‘mak olish, ikki tomonlama talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish hamda birgalikda ilmiy anjuman va seminarlarni tashkil etish muhokama qilindi. Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli memorandumlar imzolandi.

-2022 yil 21 sentyabr kuni Bank-moliya akademiyasi va “Freedom Finance” xorijiy investitsiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Konferentsiya va seminarlar

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida o‘tkazilgan konferentsiya va seminarlar

№.

Mavzu nomlari

sana

1.

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya sektorini innovatsion rivojlantirish institutlari, mexanizmlar va vositalar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya

 

29 may 2018 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi

O‘zbekistonning jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvi: innovatsiyalar transferi, xalqaro standartlar, reytinglar va indekslar. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tezislari to‘plami

16 noyabr 2018 y.

3.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish institutsional, iqtisodiy va tashkiliy jihatlari Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya

19 aprel 2019 y.

4.

O‘zbekistonning jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvi: asosiy tendentsiyalar muammolar va istiqbollar

Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya

 

25 oktabr 2019 y.

5.

O‘zbekistonni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish: yangi moliya arxitekturasi

25 aprel 2020 y.

6.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish

25 oktabr 2020 y.

7

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi hamda “Gazprombank”, “O‘zmilliybank” ko‘magida: “Аnalitika i dashboards v HR” video-seminar

23 dekabr 2021 y.

8

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, “Gazprombank” va “O‘zmilliybank” ko‘magida: “Fintex nima va kelgusi yillarda qanday fintex mahsulotlarini ko‘ramiz?” onlayn-seminar

16 fevral 2022 y.

9

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi xamda Rossiya Federatsiyasida va MDH davlatlarida taniqli ekspert-amaliyotchi Аndrey Zavorin: “Sunʼiy intellekt va Big Data‘ga asoslangan biznes uchun eng yaxshi yechimlar” seminar

24 fevral 2022 y.

10

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi: “Loyiha faoliyatining asosiy muammolari va muvaffaqiyatining omillari” amaliyotchilar uchun seminar

01 mart 2022 y.

11

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi hamda “Gazprombank”, “O‘zmilliybank” ko‘magida: “Loyihalarni moliyalashtirishda risklarni boshqarish” xalqaro seminar

03 avgust 2022 y.

12

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasida kafedralararo ilmiy seminar

03 avgust 2022 y.

13

O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi hamda “Gazprombank”, “O‘zmilliybank” ko‘magida: “Raqamli bank faoliyatida sunʼiy intellekt va Big Data”. xalqaro seminar

05 avgust 2022 y.

14

Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar “Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy natijalarni prognozlash”, “ Yaponiya moliya institutlarida korporativ boshqaruv”, “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari”

08-09 аvgust 2022 y.

15

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi va Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda “2022-2026 yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish” seminar

17 avgust 2022 y.

16

Bank-moliya akademiyasi: «Yangi O‘zbekistonda moliya institutlarini transformatsiya qilish: muammolar va yechimlar» ilmiy-amaliy konferentsiya

24 avgust 2022 y.