Sirtqi ta'lim fakulteti

Sirtqi ta'lim fakulteti

 

Jo‘rayev Jahongir Bahodir o‘g‘li - Sirtqi ta'lim fakulteti dekani o‘rinbosari

E-mail: office@bfa.uz

Tel.: +99871 2375011


 

SIRTQI TA’LIM FAKULTETI DEKANATI TO‘G‘RISIDA


Sirtqi ta’lim fakulteti dekanati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ qaror va farmoyishlariga,  Akademiya Ustavi, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlariga hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.

Sirtqi ta’lim fakulteti tarkibi dekani, dekan o‘rinbosari va uslubchisi shtatlaridan tashkil topgan bo’lib, bevosita O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo’ysunadi.


Fakultetning maqsadi va vazifalari


  • Fakultet dekanati Akademiyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borilishini ta’minlash, shuningdek kafedralar tomonidan o‘quv jarayonini sifatli tashkil etilishi uchun tegishli sharoitlar yaratadi;
  • Dekanatda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
  • Dekanatdagi mavjud ikkinchi oliy ta’lim sirtqi bakalavr mutaxassisliklari bo‘yicha zarur huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
  • Akademiya kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Dekanat boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshirish;
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoiy, vatanparvar va e’tiqodli rahbar kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda tinglovchilarning tajriba  orttirish (stajirovka),  malaka amaliyoti va Bakalavrlik dissertatsiya ishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, tinglovchilar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
  • Tinglovchilarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
  • Tinglovchilarni kursdan kursga o‘tkazish, tinglovchilar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bakalavrlik dissertatsiya ishlarini himoya qilishga kiritish va akademik ta’til berish to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
  • Tinglovchilar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli tinglovchilarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
  • Dekanat o‘quv-metodik bo‘limi bilan birgalikda mutaxasisslik fanlari bo‘yicha, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
  • Akademiyaning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan hamkorlikda bitiruvchilar bilan aloqa o‘rnatadi hamda ularning kasbiy kamoloti sifatini tahlil qilish;
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
  • Ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko‘rish;
  • Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va istiqbol rejalarini tuzish;
  • Tinglovchilar orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tatbiq qilish;
  • Dekanat jamoasi va tinglovchilari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • O‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish.