Fuqarolarni va mehnatni muhofaza qilish bo'limi

Fuqarolarni va mehnatni muhofaza qilish bo'limi

 

 


Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘limining
 vazifalari va funksiyalari 


 Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblandi:

  • Rrofessor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, jamoa shartnoma va bitimlar, tashkilotning boshqa lokal normativ hujjatlariga xodimlar rioya etishini nazorat qilish;
  • professor-o‘qituvchi va xodimlari o‘zlarining ish faoliyatida jarohat olishning, kasb kasalligiga chalinishi va ish faoliyatdagi omillari bilan izohlanadigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini, shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlarini tashkil etish;
  • Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlariga fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xabardor qilish va maslahat berish hamda ilg‘or tajriba va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, shuningdek fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ‘ib qilish;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


Рrofessor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash ishlarini tashkil etish sohasida:

  • Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirokida tegishli bo‘limlarning vakillari bilan hamkorlikda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, moslamalar, xodimlarni jamoaviy va yakka tartibda himoya qilish vositalarini, sanitariya-texnik qurilmalar holatini, ventilyatsiya tizimlari Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq ishlashini sinaydi, tekshiradi;
  • Akademiyada sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishga doir ishlar shakllari va usullarini takomillashtirishni ta’minlaydi;
  • Akademiyaning tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda xodimlarning ish faoliyatida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, shuningdek, mazkur tadbirlar joriy etilishini tashkil etadi;
  • tegishli muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish xavfsizlik standartlari loyihalarini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;

Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, jamoa shartnoma va bitimlar, Akademiyaning boshqa lokal normativ hujjatlariga xodimlar rioya etishini nazorat qilish sohasida:

  • qurilishi bitkazilgan yoki rekonstruksiya qilingan xodimlarning ish faoliyati  uchun mo‘ljallangan obyektlarni foydalanishga topshirish uchun qabul qilish bo‘yicha hamda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilganini tekshirish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
  • ish joylari mehnat shartlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
  • professor-o‘qituvchi va xodimlarni yakka tartibda himoya qilish vositalari to‘g‘ri qo‘llanilishini tekshiradi;
  • professor-o‘qituvchi va xodimlarni fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z vaqtida o‘qitilishi, ularning bilimlari tekshirilishini va barcha turdagi yo‘riqnomalardan o‘tkazilishiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Akademiyaning tarkibiy bo‘limlarida fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni bajarish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
  • Texnik xodimlar uchun maxsus kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish, tozalash, kimyoviy tozalash, quritish, yog‘sizlantirish va ta’mirlashni tashkil etishni nazorat qiladi.

Jamoa shartnomasining «Fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish» bo‘limidagi tadbirlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvlar, baxtsiz hodisalarni keltirib chiqargan sabablarni (H-1 shakli hujjatidan) bartaraf etilishini, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga oid talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlari ko‘rsatmalari, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga doir boshqa tadbirlar bajarilishini qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qiladi;

  • qonun hujjatlarda belgilangan muddatlarga muvofiq hujjatlarni (H-1 shaklidagi hujjatlar va xodimlar ish faoliyatida yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishga doir boshqa hujjatlarni, ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish materiallarini va hokazolarni) saqlash tashkil etilishini nazorat qiladi;
  • Akademiyaga tegishli bo‘limlarda fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki audit o‘tkazadi;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtida baxtsiz hodisalar va Akademiyadagi kasb kasalliklar tekshirilishini va hisobga olinishini nazorat qilish;
  • o‘z mehnat majburiyatlarini bajarayotganda olgan jarohati uchun xodimga zararni o‘z vaqtida qoplanishini nazorat qiladi;
  • Akademiya va ularning tarkibiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlar va fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish bo‘yicha va boshqa nazorat funksiyalarini amalga oshiradi.

Professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtida jarohat olish, kasb kasalligiga va ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtida orttiriladigan kasalliklarga chalinishning oldini olish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha profilaktik ishlarni o‘tkazish va takomillashtirish sohasida:

  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtida jarohat olish, kasb kasalligi va boshqa kasalliklarga chalinish holatini tahlil qiladi va sabablarini aniqlaydi;
  • ish joylaridagi mehnat sharoitlari holati, kasb kasalliklariga chalinish sabablari va muddatlari, shuningdek, xavfli va zararli ish faoliyati omillaridan himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xodimlarni rahbariyat nomidan xabardor qiladi;
  • Akademiya bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtidagi baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish, mehnat sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi hamda ularning normativ-huquqiy hujjatlar va fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlaydi, shuningdek, rejalashtirilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha tashkiliy yordam ko‘rsatadi;
  • bo‘lim rahbarlari bilan birgalikda fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan kasblar va ishlar turlarining ro‘yxatini tuzadi.
  • Akademiyada fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bo‘limlarda ichki auditini o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi;
  • Akademiyada bo‘limlarning sanitariya-texnik holatini pasportlashtirishdan o‘tkazish, mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish kompleks reja va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va bajarish ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ish beruvchi va kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o‘rtasida fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga doir bitimlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish holati monitoringini olib boradi va u bo‘yicha belgilangan shakllar va tegishli muddatlarda hisobot tuzadi;
  • professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan ta‘lim berish va qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatini amalga oshirish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinishi natijasida xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararni to‘lanishi uchun hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Akademiyadagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etadi/

Akademiya rektori hamda professor-o‘qituvchi va xodimlarini fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xabardor qilish va maslahat berish, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ‘ib qilish sohasida:

  • mehnat xavfsizligi standartlari va fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga doir ishlarda ishtirok etadi;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarini, mehnat xavfsizligi standartlari tizimini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda Akademiya bo‘limi rahbarlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
  • Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqadi;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish uchun yuboriladigan lavozimlar ro‘yxatlarini shakllantiradi;
  • barcha ishga yangi qabul qilinayotgan, xizmat safariga kelgan xodimlarni va o‘qish yoki amaliyot uchun kelgan talabalarni fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kirish yo‘riqnomalaridan o‘tkazadi;
  • attestatsiya o‘tkazuvchi komissiyaning hamda muhandis-texnik xodimlarning bilimini, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalarini bilishini tekshiruvchi komissiyaning ishida ishtirok etadi;
  • fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish ishlariga rahbarlik qiladi, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish masalalari targ‘ib qilinishini va keng yoritilishini tashkil etadi;
  • Akademiyaning tarkibiy bo‘limlari qoidalar, normalar, plakatlar va fuqarolik va mehnatni muhofaza qilishga doir boshqa qo‘llanmalar bilan ta’minlanishini tashkil etadi, shuningdek, fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha axborot stendlarini jihozlashda uslubiy yordam ko‘rsatadi;

Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarini fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida xabardor qiladi.


Bo‘lim Akademiyaning o‘ziga xos faoliyatiga va Akademiya rahbariyati topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.


Bo‘lim funksiyalari fuqarolik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.