Ko‘rinish
Shrift o‘lchami
Bank ishi

Bank ishi kafedrasi mudiri: i.f.d., prof. Alimardonov Ilkhom Muzrabshoxovich
Tel.: +99855 515-54-25 (1128)
Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha
E-mail: alimardonovilkhom1971@gmail.com
Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.
Bank ishi kafedrasi Bank-moliya akademiyasining mutaxassislik tayyorlovchi kafedrasi hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1460-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.
Kafedra “Bank ishi” nomi bilan 1996-yili tashkil topgan va boy tarixga ega.
Shu davr mobaynida kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan:
Prof. Abdullaeva Sh.Z. (1996- 1998 y.y.)
Dots. Ten V.A. (1998-2006 y.y.),
Prof. Bobakulov T.I. (2007-2012 y.y.),
Prof. Berdiyarov B.T. (2012-2018 y.y.),
Dots. Dodiev F.U. (2018-2020 y.y.),
Dots. A.T.Absalamov (2022-2023 y.y.),
PhD., R.Sh. Salayev (2023-2024 y.y.),
PhD. M.T.Ibodullayeva (2024-2025 y.y.),
Hozirgi kunda kafedrani Prof. I.M.Alimardonov boshqarib kelmoqda.
Tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklari (MSc):
70410508 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish (kunduzgi, kechki va masofaviy);
70410601 – Bank ishi (kunduzgi, kechki va masofaviy).
Tayyorlanadaigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari:
60410500 – “Bank ishi va audit” — ikkinchi oliy ta’lim shaklida (sirtqi);
60410600 – “Bank ishi” — ikkinchi oliy ta’lim shaklida (sirtqi).
1. 70410508 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish (kunduzgi, kechki va masofaviy) mutaxassisliklari uchun:
- Monetar siyosat;
- Bank nazorati va komplaens;
- Raqamli bank ishi;
- Bank risk menejmenti.
2. 70410601 – Bank ishi (kunduzgi, kechki va masofaviy) mutaxassiligi uchun:
- Bank aktivlari va passivlarini boshqarish;
- Raqamli bank ishi;
- Xalqaro bank ishi;
- Monetar siyosat;
- Bank risk menejmenti.
1. 60410500 – “Bank ishi va audit” — ikkinchi oliy ta’lim uchun;
- Bank ishi;
- Pul va banklar.
2. 60410500 – “Bank ishi va audit” — maxsus sirtqi uchun:
- Pul va banklar;
- Xalqaro hisob-kitoblar.
3. Nomutaxassisliklar uchun:
- Raqamli moliya;
- Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar;
- Monetar siyosat;
- Monetar siyosat II.
Asosiy shtat bo‘yicha 100,0 foiz.
Kafedrada jami 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan:
1 nafar i.f.d., prof. (asosiy shtatda);
2 nafar i.f.n., PhD, dots. (asosiy shtatda);
3 nafar tashqi o‘rindosh (2 ta i.f.d., prof., 1 ta PhD, kat. o‘qit.)
Akademiya rahbariyati tomonidan quyidagilar bilan xalqaro dasturlar tuzilib aloqаlar yo‘lga qo‘yilgan, kafedra mazkur dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda:
Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti;
Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi,
UNESCO/UNITWIN dasturi;
Handong global universiteti;
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi (Rossiya);
Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti;
Malayziya Xalqaro Islom universiteti;
Malayziyaning Monash universiteti;
“Gazprombank” AJ;
Hult International Business School (Buyuk Britaniya).
Shuningdek, kafedra quyidagi vazirlik idoralar, tijorat banklari, uyushmalar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
O‘zmilliybank AJ;
Ipotekabank;
Poyitaxt bank;
Aloqabank;
Trast bank;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Ilmiy tadqiqot universiteti.

Iqtisod fanlari nomzodi, professor v.b. X.U. Raximova
Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u “Путь науки” xalqaro ilmiy jurnalining tahririy hay’ati a’zosi sifatida ham faoliyat yuritadi.
X.U. Raximova quyidagi nufuzli xorijiy davlatlarda malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan:
Buyuk Britaniya (1999) — “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” dasturi
Hindiston (2000) — Hindiston hukumati granti asosida “Bank menejmenti” dasturi
Yaponiya (2002) — Yaponiya Moliya vazirligi tashabbusi bilan “Yaponiyaning bank-moliya tizimi” dasturi
Avstriya (2003, 2019) — JVI granti asosida Birlashgan Vena Universiteti dasturlari:
“To‘lov tizimlari” (2003); “To‘lov tizimlari va naqd pul muomalasi” (2019);
Malayziya (2007) — Iste’dod jamg‘armasi granti asosida “Pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirish” dasturi;
Germaniya (2016) — “Loyihaviy moliyalashtirish” dasturi
X.U. Raximova o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bank-moliya tizimini takomillashtirish yo‘nalishida 100 dan ortiq ilmiy ishlar e'lon qilgan. Uning ilmiy ishlari quyidagi asosiy nashrlar bilan ajralib turadi
Bundan tashqari 2023-yili Koreya davlatining Handong universitetining granti yutib olingan.
E-mail: xraximova@bfa.uz
ORCID: https://orcid.org/0009-0005-3941-888X
Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=UUNE-5YAAAAJ&hl=ru

Ibodullayeva Ma’rifat To’lqin qizi — “Bank ishi” kafedrasi dotsenti
O’zbekiston Respublikasining nufuzli Oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Toshkent Moliya instituti bitiruvchisi (grant asosida). Magistratura tinglovchilariga Monetar siyosat, Banklarda risk-menejmenti, Bank aktivlari va passivlarini boshqarish fanlaridan dars beradi. Tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini takomillshtirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va nufuzli xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar chop etgan.
E-mail: m_ibodullayeva@mail.ru
Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=uI2MlBAAAAAJ&hl=ru