• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Marketing bo‘limi

Marketing bo‘limi

Marketing bo‘limi boshlig‘i - Burxonov Jamshid Matniyozovich

Tel.: +998 71 237-53-62

E-mail: accounting@bfa.uz


BO‘LIMNING VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI

Marketing bo‘limining vazifalari:

- Respublika ijtimoiy va iqtisodiy sohalaridagi korxona, muassasa va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida qabul kvotasini shakllantirish;

- Magistraturaga tavsiya etilgan xotin-qizlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan byudjetdan mablag‘ olish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarini yig‘ish, saqlash va ushbu hujjatlarga ko‘ra byudjetga so‘rov yuborish;

- Akademiya tinglovchilari (talabalar) safidan chetlashtirilgan tinglovchi va talabalarning kontrakt-to‘lovlarini qayta hisob kitob qilish;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy etilgan “UzAsbo 2” dasturiga tinglovchi va talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini hamda to‘lov miqdorlarini kiritib borish;

- Akademiya tinglovchi va talabalari bilan to‘lov-kontrakt shartnomalarini tuzish jarayonini tashkillashtiradi, ularning shartnoma bo‘yicha to‘lovlari hisobini yuritish, to‘lovlarni amalga oshirilishi yuzasidan rahbariyatga ma’lumotlar taqdim etib borish;

- Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalarida akademiyaga taalluqli ma’lumotlarni muntazam kuzatib borish va e’lon qilingan maqola va fikrlarga rahbariyat bilan kelishgan holda munosabat bildirish;

- To‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan tinglovchi va talabalar kontingentini fakultetlar bilan doimiy solishtirish hamda “Reja-iqtisodiyot” bo‘limiga shtatlarni shakllantirish uchun har oylik ma’lumot taqdim etib borish;

- To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan tinglovchi va talabalarni o‘qishga qabul qilish buyruqlarini rasmiylashtirilishida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish;

- Akademiya Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti tomonidan tashkil etiladigan kurslarga jalb etiladigan tinglovchilar bilan shartnomalar tuzilishini tashkillashtirish hamda amalga oshirilgan to‘lovlari bo‘yicha rahbariyat va fakultet dekaniga ma’lumotlar taqdim etib borish;

- Akademiyada mavjud mutaxassislik va yo‘nalishlar to‘lov-kontrakt summalari miqdorini oliy ta’lim muassasalari kesimida o‘rganib, akademiya to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorlarini raqobat muhitini inobatga olgan holda belgilash bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish vazifalarini bajaradi.

- Kadrlar buyurtmachilari, talabalar, tinglovchilar, bitiruvchilar va xodimlarning qoniqish darajasini (NPS indeksi) tahlil qiladi.

Marketing bo‘limining funksiyalari:

- Kadrlar iste’molchilari bilan hamkorlik aloqalarini uzluksiz amalga oshirish;

- Akademiya bitiruvchilarining umumiy ish bilan bandlik siyosatini muvofiqlashtirish;

- Yangi ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydigan yo‘nalishlarni to‘xtatish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish o‘rniga ega bo’lmagan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ro‘yxatini aniqlash;

- Talabalar ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish, potensial ish beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish.

- Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi, kechki, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish.

- Ishga joylashgan bitiruvchilar mutaxassisligi bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish.

- Ta’lim xizmatlari xalqaro bozori bo‘yicha izlanishlarni olib borish va tahliliy xulosalar tayyorlash.

- Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida akademiyaning respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash, muassasa hududida ko‘rgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil etish.

- Akademiya tinglovchi va talabalari bilan to‘lov-kontrakt shartnomalarini tuzish jarayonini tashkillashtirish, ularning shartnoma bo‘yicha to’lovlari hisobini yuritish, to‘lovlarni amalga oshirilishi yuzasidan rahbariyatga ma’lumotlar taqdim etib borish.

Marketing bo‘limining huquqlari:

- Bo‘limning zarur darajadagi faoliyati ta’minlanishi uchun zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lish;

- Bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanish;

- Tegishli departament, kafedra va bo‘linmalardan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni talab qilib olish;

- Akademiya faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qilayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoyilik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish.