Yangiliklar

image

Hamkorlikning kelgusi bosqichlari muhokama qilindi

Bugun, 24-iyul kuni Bank-moliya akademiyasi rahbariyati AMBA&BGA akkreditatsiya tashkiloti direktori Mark Stoddard hamda  Akademiyaga AMBA&BGA bo‘yicha mentor etib tayinlangan AlmaU universiteti rektori Gulnara Kurenkeyeva bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Muzokaralar jarayonida akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha keyingi qilinadigan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Hamkorlikda uzluksiz ta’sir etish modelini ishlab chiqish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Ushbu rejada Akademiyaning jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi hissasi aniq belgilab qo‘yiladi.