Yangiliklar

image

Bank-moliya akademiyasi kitob fondi yangi nashrlar bilan boyitildi

Bank-moliya akademiyasi kitob fondi yangi nashrlar bilan boyitildi

Bank-moliya akademiyasi Axborot-resurs markazi fondi ingliz tilida nashr etilgan yangi o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi. Akademiyaning xalqaro talablarga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish va talabalarning til malakasini rivojlantirish maqsadida Garnet Education nashriyoti tomonidan chop etilgan 15 nomdagi nashrlar xarid qilindi.

Birinchi to‘plamdan o‘rin olgan mazkur adabiyotlar iqtisodiyot, moliya va biznes yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan kitoblar ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Bank-moliya akademiyasi Axborot-resurs markazi talaba va o‘qituvchilarni yangi adabiyotlardan faol foydalanishga chorlaydi va bu orqali bilim olish jarayonining sifatini yanada yuksaltirishga ishonch bildiradi.