Magistratura tinglovchilarining “Freedom Finance” MCHJ QKga amaliy tashrifi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining Biznesni boshqarish kafedrasi tashabbusi bilan magistratura bosqichi tinglovchilari uchun amaliyot bilan nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish maqsadida “Freedom Finance” MCHJ QKga o‘quv tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida tinglovchilar kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xizmat ko‘rsatish jarayonlari va moliya bozori bilan bog‘liq operatsiyalari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Mutaxassislar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsiyalarni boshqarish va mijozlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Jarayonda tinglovchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash barobarida, moliyaviy muhitning zamonaviy tendensiyalari va biznesni boshqarishning samarali usullari bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif tinglovchilarning kelgusidagi professional faoliyatida innovatsion yondashuvlarni qo‘llashiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu kabi tashriflarni muntazam ravishda tashkil etish Akademiyaning amaliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsadlaridan biri hisoblanadi.