• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bank-moliya akademiyasida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

2025-yil 14-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasida Handong Global University, Yonsei University, Ottawa University va Polish-Japanese Institute of Information Technology in Warsaw bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

“Xususiylashtirish va boshqaruv” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada O‘zbekiston, Koreya, AQSH va Polsha olimlari ishtirok etib, ular tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim hamda ilm-fan sohasida innovatsion yechimlarga bag‘ishlangan maxsus ma’ruzalar taqdimot qilindi.

Ma’ruzalarda O‘zbekistonning ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlari va o‘quv yurtlarining mustaqil faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlar, Islom moliyasi vositalaridan foydalanish orqali O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari, AQSh tajribasi asosida sanoatdagi davlat tartibga solishining o‘zgarishlari va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, Bank sektorida olib borilayotgan islohotlar, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llari, Polshada amalga oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning dastlabki natijalari kabi masalalarda ilmiy yondashuvlar bayon qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari mavzular bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralar o‘tkazib, yangi ilmiy yondashuvlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.