Axborot xizmati va media-studiya

Axborot xizmati va media-studiya

QO‘SHBAQOV AYBЕK SHOVQIYEVICH

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Matbuot kotibi

Tel.: +99871 2375356

E-mail: press-service@bfa.uz


Матбуот хизмати ва медиа студия бўлими бошлиғи - Хакимов Акмал Алишер ўғли

тел: +99871 2375011

эл.почта: press-service@bfa.uz


Рауфов Анвар Шавкатович - Бўлим бошлиғи муовини

тел: +99871 2375011

эл.почта: press-service@bfa.uz


Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari


  • Akademiya faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda «OAV» deb yuritiladi), ijtimoiy tarmoqlar, Akademiyaning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda foto va video axborotlar taqdim etib borish, o‘quv jarayonlari uchun zarur video kontentlar yaratish;
  • Akademiyaning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish uchun video va foto mahsulotlar ishlab chiqish;
  • Matbuot kotibi bilan birgalikda Akademiya va uning rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, mas’ul xodimlari intervyularini tashkil etish, faoliyatga doir turli tadbirlardan foto va videolavhalar olish;
  • Akademiyaning faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:


  • OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qilish uchun foto va video materiallar tayyorlaydi, shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
  • ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, Akademiya jamoasi ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni foto va videoga olishni tashkil etadi;
  • OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga foto va video materiallar taqdim etadi;
  • Bo‘lim oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan foto va video kontentni Akademiyaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi;
  • Akademiya faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha foto va video materiallar tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilinishida ishtirok etadi;
  • OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini foto va video ko‘rinishida tashkil etilishini ta’minlaydi;
  • Akademiya tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
  • Akademiya faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
  • Akademiyaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va video materiallar ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.