Bank ishi

Bank ishi

Bank ishi kafedrasi mudiri:

Salayev Rasul Shavkatovich – PhD, dotsent v.b.

Tel.: +998 71 237 53 25

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha 

E-mail: rsalayev@bfa.uz

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.


Bank ishi kafedrasi Bank-moliya akademiyasining mutaxassislik tayyorlovchi kafedrasi hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1460-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

Kafedra “Bank ishi” nomi bilan 1996-yili tashkil topgan va boy tarixga ega.

Shu davr mobaynida kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan:

Prof. Abdullaeva Sh.Z. (1996- 1998 y.y.)

Dots. Ten V.A. (1998-2006 y.y.),

Prof. Bobakulov T.I. (2007-2012 y.y.),

Prof. Berdiyarov B.T. (2012-2018 y.y.),

Dots. Dodiev F.U. (2018-2020 y.y.),

Dots. A.T.Absalamov (2022-2023 y.y.),

Hozirgi kunda kafedrani PhD., R.Sh. Salaev boshqarib kelmoqda.


Tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklari (MSc):

70412203 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish (kunduzgi va sirtqi);

70412204 – Tijorat banklarini boshqarish (kunduzgi, kechki va sirtqi).


Tayyorlanadaigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari:

60410500 – “Bank ishi va audit”   — ikkinchi oliy ta’lim shaklida (kunduzgi va sirtqi).


FAN DASTURLARI

Magistratura (MSc) bo‘yicha:

1. 70412203 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish (kunduzgi va sirtqi) mutaxassisliklari uchun:

- Monetar siyosat va prudensial nazorat;
- Xalqaro monetar iqtisodiyot;
- Zamonaviy bank ishi;
- Bank risk menejmenti.

2. 70412204 – Tijorat banklarini boshqarish (kunduzgi, kechki va sirtqi) mutaxassiligi uchun:
- Bank aktivlari va passivlarini boshqarish;
- Tijorat banklarida marketing-menejment.

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:

1. 60410500 – “Bank ishi va audit” — ikkinchi oliy ta’lim uchun;
- Bank ishi;
- Pul va banklar.

2. 60410500 – “Bank ishi va audit” — maxsus sirtqi uchun:
- Pul va banklar;
- Xalqaro hisob-kitoblar.

3. Nomutaxassisliklar uchun:
- Raqamli moliya;
- Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar;
- Monetar siyosat;
- Monetar siyosat II.


ILMIY SALOHIYAT

Kafedrada jami 4 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Аsosiy shtat boʼyicha 2 ta: 100,0 foiz;

Oʼrindoshlar boʼyicha 2 ta: 100,0 foiz.

Kafedra prof-oʼqituvchilari tomonidan:

3 ta darslik;

4 ta oʼquv qoʼllanma;

2 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma;

4 ta monografiya yaratilgan.

100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

1 ta respullika hamda 1 ta xalqaro grantiga egalik qilgan.

Kafedraning ilmiy yo‘nalish mavzusi:

“Global raqamlashuv sharoitida zamonaviy bank xizmatlarining jozibadorligi muammolari”


HAMKORLIK ALOQALARI

Akademiya rahbariyati tomonidan quyidagilar bilan xalqaro dasturlar tuzilib aloqаlar yo‘lga qo‘yilgan, kafedra mazkur dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda:

Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti;

Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi,

UNESCO/UNITWIN dasturi;

Handong global universiteti;

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi (Rossiya);

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti;

Malayziya Xalqaro Islom universiteti;

Malayziyaning Monash universiteti;

“Gazprombank” AJ;

Hult International Business School (Buyuk Britaniya).

Shuningdek, kafedra quyidagi vazirlik idoralar, tijorat banklari, uyushmalar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

O‘zmilliybank AJ;

Ipotekabank;

Poyitaxt bank;

Aloqabank;

Trast bank;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Ilmiy tadqiqot universiteti.


MUTAXASSISLIK VA TA’LIM YO‘NALISHLARI KLASSIFIKATSIYASI

70412203 – “Iqtisodiyotni monetar tartibga solish” hamda 70412204 – “Tijorat banklarini boshqarish” magistratura mutaxassisligi quyidagilar uchun qulay mutaxassislik hisoblanadi:

- monetar siyosatchilar;

- bank-moliya sohasi amaliyotchilari;

- bank bosh buxgalterlari;

- bank auditorlari;

- bank ichki nazorat xodimlari;

- texnik va fundamental tahlilchilar;

- boshqaruvchi xodimlar.


PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI:

Kafedrada jami 4 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan:

1 nafar PhD dots. v.b (asosiy shtatda);

1 nafar i.f.n., dots. (asosiy shtatda);

2 nafar tashqi o‘rindosh (1 ta dots., 1 ta PhD, kat. o‘qit.)

Asosiy shtatda:

Salayev Rasul Shavkatovich — Kafedra mudiri, PhD.

Raximova Xavoxon Usmanjanovna — i.f.n., dotsent;

O‘rindoshlar:

Dodiev Fozil Utkurovich — i.f.n., dotsent;

Ibodullayev Shohboz To`lqin o`g`li — PhD, kat. o‘qit.


Kafedra professor-o‘qituvchilari erishgan yutuqlar

PhD Salayev R.Sh.  "American Journal of Business Manejement, Economics and Banking” ilmiy jurnali  tahririyati a’zosi hisoblanadi.

Dotsent Raximova X.U.  "Путь науки” ilmiy jurnali tahririyati a’zosi hisoblanadi.