Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari markazi

Boltayev Azizbek Ozadbayevich - Markaz boshlig‘ining o‘rinbosari

Tel.: +99871 237-50-11

E-manzil: office@bfa.uz


 

Mamatov Umidjon Djalgashovich - Markazning 1-toifali muhandisi

Tel.: +99871 2375011

E-manzil: office@bfa.uz


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga doir farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek har tomonlama komil yuqori malakali yetuk kadrlarni tayyorlashda axborot texnologiyalari sohasi jihatidan yaxlit uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.


Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita Moliya-iqtisod masalalari bo'yicha prorektoriga bo‘ysunadi.


Axborot texnologiyalari markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va nizomlari, Akademiya rektorining buyruqlari, Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorining ko‘rsatmalari hamda boshqarma Nizomi asosida olib boradi.


Axborot texnologiyalari markazining asosiy vazifalari va funksiyalari


  1. Markaz tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash holati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazish;
  2. Markazning axborot xavfsizligi siyosati bilan Markazning barcha xodimlarini, shu jumladan yangi ishga qabul qilingan hamda sinov muddatidan o‘tgan xodimlarni tanishtirib borish;
  3. Har bir xodim kompyuteridagi ma’lumotlarning daxlsizligini kafolatlanishi uchun lokal hisoblash tamrog‘idan foydalanishda kompyuterning asosiy resursiga kirishga cheklovlar qo‘yish, boshqalar bilan axborot almashishda tarmoq uchun mo‘ljallangan alohida kataloglardan foydalanishni nazorat qilish;
  4. Markazda lokal kompyuter tarmog‘i holatini tahlil qilish va tarmoqqa ulangan kompyuter texnikalarini nazoratdan o‘tkazish;
  5. Markazning “Kompyuter texnikasi, lokal va internet tarmog‘idan foydalanish tartibi” va “Internet tarmog‘ida manbalar bilan ishlash qoidalari”ga asosan xodimlar ish kompyuterini nazorat qilish;
  6. Markazning server xonasini O‘z Dst 2590-2012 O‘zbekiston davlat standarti hujjat talablariga to‘liq muvofiqlashtirish;
  7. Markazda litsenziyaga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotlarni litsenziya muddatini uzaytirish hamda qo‘shimcha litsenziyalar xarid qilish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
  8. Markaz va tarkibiy bo‘limlardagi axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlarni malakasini tizimli ravishda oshirishni tashkil etish;
  9. Markazda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida axborot xavfsizligi va kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil qilish;
  10. Akademiya rahbariyatiga tizimdagi AKTni rivojlantirish to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni har chorakda kiritish;
  11. Akademiyada axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar loyihalarini ishlab chiqish;
  12. Axborot tizimlari va rasmiy veb-sahifani axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishi choralarini ko‘rish;
  13. Boshqaruv jarayonini kompyuterlashtirish tizimini ishga tushirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlarni buyruq asosida tayinlash hamda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, internet tarmog‘iga ulanish, ichki lokal tarmoqni ishga tushirish;
  14. Yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha Markaz va tarkibiy bo‘limlarga taklif va tavsiyalar berish;
  15. Axborot tizimlari va resurslarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta’minlash;
  16. Akademiyaning barcha bo‘limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yoriy-huquqiy, texnik va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;
  17. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘limlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish;
  18. Akademiya rahbariyati tomonidan qabul qilingan buyruqlarning bajarilishi ustidan o‘tkazilgan tahlillar asosida tegishli hujjatlarni tayyorlashda qatnashish va takliflar berish;
  19. Akademiya kengashi kun tartibiga kiritilgan bo‘limning vakolati doirasidagi masalalarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida boshqarma va bo‘limlar tomonidan boshqaruv qarori loyihalari va ma’lumotlarini tayyorlashni tashkil qilishda ishtirok etish;
  20. Akademiya rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish.