• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

 Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti ijrochi vitse-prezidenti BMA faxriy birinchi prorektori sifatida faoliyat boshladi

Yaponiya Moliya vazirligining Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti ijrochi prezidenti Ono Heihachiro O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining birinchi prorektori sifatida tanishtirildi.

Shu munosabat bilan Bank-moliya akademiyasi rahbariyati va Yaponiya Moliya vazirligining Iqtisodiy siyosat tadqiqotlar instituti vakillari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Xoshimov janob Ono Heihachironi jamoaga tanishtirdi va hamkorlikda olib boriladigan faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Onlayn suhbat jarayonida 2023-yil 14-15-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Yaponiya Moliya vazirligining Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti hamorligida qo‘shma seminar tashkil etish borasida kelishib olindi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, tashkil etilayotgan seminarda “Evolution of open banking: Data sharing”, “Japanese Public Fiscal Accounting System”, “Recent developments of International Taxation – Base Erosion and Profit Shifting” kabi mavzular muhokamasi rejalashtirilgan.