Turdaliyev Jaxongir Mirjamol o'g'li - Ishlab chiqarish munosabatlari va stajirovkalar bo‘limi bosh mutaxassisi
tel: +99871 2375291
e-mail: office@bfa.uz
Ishlab chiqarish munosabatlari va stajirovkalar bo‘limining vazifalari
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Akademiyaning Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlari va mazkur Nizom asosida ish yuritadi.
Akademiyada tahsil olayotgan talabalarni mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashni takomillashtirish uchun Respublika hududidagi bank-moliya tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tijorat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliyot(stajirovka)lar hamda sayyor darslarni tashkil etish;
barcha turdagi amaliyot(stajirovka)larni o‘tash uchun korxona, tashkilot va muassasalar bilan shartnoma tuzish;
malaka amaliyoti(stajirovka)ni o‘tkazish bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilotlarni rasmiy xat bilan amaliyotni o‘tash to‘g‘risida xabardor qilish;
har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish;
malaka amaliyoti(stajirovka)ni korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo
va takliflarni ishlab chiqib Akademiya rahbariyatiga taqdim etib borish;
kadrlar buyurtmachilari o‘rtasida Mijozlarning sodiqlik indeksi (NPS) bo‘yicha Akademiya brendini uchinchi shaxslarga tavsiya qilishga qay darajada tayyor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni tashkil qilish;
Akademiya Kengashiga malaka amaliyot(stajirovka)lari o‘tkazilganligi haqida bir o‘quv yilida bir marta hisobot berish;
Bo‘limning funksiyalari
Bo‘lim amaliyot (stajirovka) jarayonlarini dasturga muvofiq amalga oshirishini nazorat qiladi;
Bo‘lim Akademiyaning fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan birgalikda tinglovchilarning o‘quv rejasidagi mutaxassislik fanlari bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida tinglovchilarning boshqaruv faoliyati bilan uyg‘unlashgan turli darajadagi tashkilotlarda amaliyot o‘tashlari uchun amaliyot(stajirovka) dasturi va kundaligi bilan ta’minlashni nazorat qiladi;
kadrlar buyurtmachilari o‘rtasida NPS ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishni har o‘quv yilida bir marta fakultetlar bilan birgalikda tashkil qiladi;
Bo‘lim amaliyot (stajirovka) bilan bog‘liq vazifalarni Akademiyaning tegishli fakultetlari, kafedralari va stajirovka masalalariga bog‘liq bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan rahbariyatga takliflar berib boradi.