Buxgalteriya bo‘limi
Bosh hisobchi - Shukurov Qahramon Odilovich
Tel.: +99871 237-53-62
E-mail: accounting@bfa.uz
- O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, Soliq Kodeksi, Mehnat Kodeksi, ”Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun, “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun, soliq va g‘aznachilikka oid meʼyoriy hujjatlar hamda budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy qimmatliklarning hisobini yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma talablari bajarilishini taʼminlash;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish, elektron buxgalteriya tizimida ishlarni tashkil etish;
- Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan faqat maqsadli foydalanishni taʼminlash va noqonuniy sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- Tarkibiy bo‘linmalar yaʼni kafedralar va bo‘limlardan ish vaqti tabellari va moddiy qimmatliklar bo‘yicha hisobotlarning haqqoniyligini holisona tekshirish va qonundan tashqari xarajatlarning oldini olish;
- Buxgalteriya hisobini zamonaviy axborot texnologiyalar (UzASBO) asosida tashkil qilish.
- Buxgalteriya bo‘limi buxgalteriya masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining, Akademiyaning meʼyoriy hujjatlarida belgilangan talablarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq inspeksiyasi, Statistika boshqarmasi, shuningdek mutasaddi tashkilotlar tomonidan topshirilgan buyruq va vazifalar bilan ishlashga doir masalalar bo‘yicha rejada belgilangan hisobot va maʼlumotlarni tayyorlanishini taʼminlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni taʼminlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil qilish;
- Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, doktorantlar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularning tarqatilishini tashkil qilish;
- Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq maʼlumotlarni shakllantirish;
- Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida to‘lanishini ta‘minlash;
- Bankdan olingan pul mablag‘larining maqsadli sarflashini ta’minlash;
- Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishini oldini olish;
- Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlash;
- Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini ta’minlash;
- Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni ta’minlash;
- Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini ta’minlash;
- Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini ta’minlash;
- O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va boshqa budjetdan tashqari tushumlar hisobini yuritish;
- Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy hujjatlarni (buyruq va farmoyishlarning ko‘chirmalarini, shuningdek, turli xil shartnoma, to‘lov hujjatlari va boshqalarni) o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart;
- Bosh hisobchining buxgalteriya hisobini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o‘z vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majbur.
- Bo‘limning zarur darajadagi faoliyati taʼminlanishi uchun zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lish;
- Bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanish;
- Buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;
- Tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
- Akademiyaning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
- Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda Akademiya rahbariga yozma axborot berish;
- Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal qilish;
- Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita Akademiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi ko‘rib chiqishi va ularga imzo chekishi;
- Akademiya rahbari bosh hisobchiga ushbu 2169-yo‘riqnomaga asosan shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida yordam berishga majbur;
- Bosh hisobchiga o‘z majburiyatlarini bajargani hamda o‘z huquqlaridan foydalangani uchun tazyiq o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi;
- Bosh hisobchining pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi;
- Agarda, Akademiya rektori tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari o‘rtasida ushbu farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan Akademiya rahbariga mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi;
- Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bunda ushbu harakatning sodir bo‘lganligi uchun javobgarlik to‘liq tashkilot rahbariga yuklatiladi;
- Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh hisobchiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag‘larini olish taqiqlanadi;
- Bosh hisobchi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanmagan boshlang‘ich hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi;
- Qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshiradi.