Buxgalteriya hisobi va audit

Buxgalteriya hisobi va audit

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri:

Rizayev Nurbek Kadirovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Tel.: +998 71 237-53-61

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha 

E-mail: nrizayev@bfa.uz, rizayevnk220874@gmail.com

Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 16.


KAFEDRA HAQIDA

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi Bank-moliya akademiyasining mutaxassislik tayyorlovchi kafedrasi hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1460-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 180-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

Shu davr mobaynida kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan:

prof. A.K.Ibragimov (1996-1998 y.y.),

dots. A.Usanov (1998-2000 y.y.),

prof. A.K.Ibragimov (2000-2012 y.y.), 

prof. N.K.Rizayev (2012-2017 y.y.), 

prof. K.R.Xotamov (2017-2020 y.y.), 

prof. N.K.Rizayev (2022-.yildan) 

Hozirgi kunda kafedrani i.f.d., professor  N.K.Rizayev boshqarib kelmoqda.


Tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklari (MSc):

70412205 – Bank ishi va audit (kunduzgi);

70412205 – Bank hisobi, auditi va nazorati (kechki va sirtqi);

70412201 - Davlat moliyaviy nazorati va auditi (kunduzgi va sirtqi).

Tayyorlanadaigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari:

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) — ikkinchi oliy ta’lim shaklida;

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) — maxsus sirtqi shaklida.


FAN DASTURLARI

Magistratura (MSc) bo‘yicha:

1. 70412205 – “Bank ishi va audit” (kunduzgi) hamda 70412205 – “Bank hisobi, auditi va nazorati” mutaxassisliklari uchun:
- Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
- Banklarda moliyaviy hisobot tahlili;
- Zamonaviy bank nazorati;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
- Banklarda ichki va tashqi audit;
- Auditning xalqaro standartlari;
- Strategik boshqaruv hisobi (tanlov).

2. 70412201 - Davlat moliyaviy nazorati va auditi (kunduzgi va kechki) mutaxassiligi uchun:
- Budjetda moliyaviy hisobot                           
- Davlat sektorida ichki audit                                   
- Davlat moliyaviy nazorati                                                        
- Moliyaviy hisobot tahlili                   
- Davlat sektorida BHXS  
- Strategik boshqaruv hisobi (tanlov)  

Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:

1. 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)  — ikkinchi oliy ta’lim uchun;
- Buxgalteriya hisobi;
- Iqtisodiy tahlil;
- Bank hisobi, tahlili va auditi;
- Audit.

2. 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) — maxsus sirtqi uchun:
- Moliyaviy hisob asoslari;
- Boshqaruv hisobi;
- Buxgalteriya hisobining fundamental asoslari;
- Buxgalteriya hisobini BHMS asosida yuritish.

3. Nomutaxassisliklar uchun:
- Moliyaviy va boshqaruv hisobi;
- Auditning xalqaro standartlari;
- Moliyaviy hisobot tahlili;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.


ILMIY SALOHIYAT

Kafedrada jami 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyati:
Asosiy shtat bo‘yicha — 100,0 foiz;
O‘rindoshlar bo‘yicha — 82,0 foiz.

Kafedra prof-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 ta monografiya yaratilgan. 400 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 3 ta respublika grantiga egalik qilgan.

Kafedraning ilmiy yo‘nalish mavzusi:
 “Raqamlashtirish sharoitida O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga (MHXS) muvofiqlashtirish uslubiyotini takomillashtirish”


HAMKORLIK ALOQALARI

Akademiya rahbariyati tomonidan quyidagilar bilan xalqaro dasturlar tuzilib aloqаlar yo‘lga qo‘yilgan, kafedra mazkur dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda:

Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti;

Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi,

UNESCO/UNITWIN dasturi;

Handong global universiteti;

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti;

Malayziya Xalqaro Islom universiteti;

Malayziyaning Monash universiteti;

“Gazprombank” AJ;

Hult International Business School (Buyuk Britaniya).

Shuningdek, kafedra quyidagi vazirlik idoralar, tijorat banklari, uyushmalar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

O‘zmilliybank AJ;

Ipotekabank;

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi;

O‘zbekiston auditorlar palatasi;

Auditorlik tashkilotlari;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Farg‘ona politexnika instituti;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti Ilmiy tadqiqot universiteti.


MUTAXASSISLIK VA TA’LIM YO‘NALISHLARI KLASSIFIKATSIYASI

70412205 – “Bank ishi va audit” hamda 70412205 – “Bank hisobi, auditi va nazorati” magistratura mutaxassisligi quyidagilar uchun qulay mutaxassislik hisoblanadi:

- bosh buxgalterlar;

- amaliyotchi buxgalterlar;

- auditorlar;

- ichki nazorat xodimlari;

- tahlilchilar;

- boshqaruvchi xodimlar.

70412201  - “Davlat moliyaviy nazorati va auditi” magistratura mutaxassisligi quyidagilar uchun qulay mutaxassislik hisoblanadi:

Budjet tashkilotlarida bosh buxgalterlar;

Budjet amaliyotchi buxgalterlari;

Budjet tashkilotlari ichki auditori;

Budjet ichki nazorat xodimlari;

Budjet faoliyatini tahlil qiluvchilar;

Budjetni boshqaruvchi xodimlari.


PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI:

Kafedrada jami 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan:

2 nafar fan doktori, professor (asosiy shtatda);

3 nafar PhD dots. v.b (asosiy shtatda);

2 nafar ichki o‘rindosh (PhD dots. v.b va kat. o‘qit. ASSA)

4 nafar tashqi o‘rindosh (2 ta prof., 1 ta PhD dots. v.b va  1 ta kat. o‘qit. ASSA)

Asosiy shtatda:

Rizayev Nurbek Kadirovich — Kafedra mudiri, i.f.d., professor;

Ibragimov Abdugapur Karimovich — i.f.d., professor;

Abdujaborova Ma’mura Toshmuxammadovna — PhD, dotsent;

Yarqulova Ma’rifatxon Abdulaxad qizi — PhD, dotsent v.b;

Mirzayev Ozod Furkatovich — PhD, dotsent v.b. 

O‘rindoshlar:

Umarov Zafar Absamatovich — i.f.n., professor;

Mamatkulov Murodjon Shukurovich — i.f.d., professor;

Jabborov Azamat Alijonovich — PhD, dotsent v.b.;

Rashidov Farrux Ismoilovich — PhD, dotsent v.b.;

Mo‘minov Doniyor A’zamovich — katta o‘qituvchi ASSA;

Yakubov Matrasul Mavlonberdiyevich — katta o‘qituvchi ASSA.


Kafedra professor-o‘qituvchilari erishgan yutuqlar

Professor Rizayev N.K. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi  DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash hamda Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi hisoblanadi.

Shuningdek “Logistika va iqtisodiyot”, “Moliya va Bank ishi”, “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil”, International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS ilmiy jurnallarining tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi.

“MHXS hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha Ekspertiza komissiyasining a’zosi (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yil 28-martdagi № 39-sonli buyrug‘i).

Professor Ibragimov A.K — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengash, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi  DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, "Moliya va Bank ishi” ilmiy jurnali hamda International Editorial Board of IJMIE va International Editorial Board of IJRSS tahririyati a’zosi hisoblanadi.


Ибрагимов Абдугапур Каримович - иқтисод фанлари доктори, профессор

тел: +99871 237-54-35, эл.почта: acc.audit.dep@bfa.uz

 

Abdujabbarova Mamura Toshmukhamadovna - доцент, иқтисод фанлари фалсафа доктори (PhD)

тел: +99871 237-54-35, эл.почта: acc.audit.dep@bfa.uz

Мирзаев Озод Фуркатович - доцент в.б, иқтисод фанлари фалсафа доктори (PhD)

тел: +99871 237-54-35, эл.почта: acc.audit.dep@bfa.uz

Яркулова Маърифатхон Абдулахад қизи - доцент в.б., иқтисод фанлари фалсафа доктори (PhD)

тел: +99871 237-54-35, эл.почта: acc.audit.dep@bfa.uz