• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi

Muxtorov Azamjon Abdug‘affor o‘g‘li

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Tel.:+998 71 237 54 01

E-mail: AMuxtorov@bfa.uz


Zoirov Qobiljon Xojiakbar o‘g‘li

Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

Tel.:+998 71 237 54 01

E-mail: qzoirov@bfa.uz


BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI


Bo‘limning vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kuzatuv Kengashining qarorlari hamda Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektorining buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
  • Akademiyada ta’lim jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil etish;
  • o‘quv dasturlari va rejalari, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalaming o‘zlashtirish va davomatiga oid jarayonlami boshqarish;
  • Learning Management System (keyingi o‘rinlarda - LMS) platformasida fanlarga professor-o‘qituvchilami, guruhlarga talaba va tinglovchilami biriktirish;
  • mehnat shartnomasi bekor qilingan professor-o‘qituvchilami, bitirgan yoki o‘qishdan chetlashtirilgan talaba va tinglovchilami LMS platformasidan chiqarib yuborish;
  • LMS platformasida ochilgan kurslarga professor-o‘qituvchilar tomonidan kontentlami o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
  • o‘quv jarayonini avtomatlashtirish orqali uni ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
  • kafedra, dekanat bilan birgalikda kredit-modul tizimiga asoslangan baholashning amaldagi reyting tizimini qo‘llash;
  • kafedralar kesimida barcha fanlardan o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan joriy (JN), oraliq (ON) hamda yakuniy nazorat (YAN)lami o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • JN, ON va YANlarni o‘z vaqtida topshirmagan talaba va tinglovchilar haqidagi ma’lumotni fakultet dekanlariga o‘z vaqtida yetkazish;
  • semestr natijasiga ko‘ra fanlardan qarzdor talaba yoki tinglovchilar uchun LMS platformasida qo‘shimcha kurslar tashkil qilish;
  • akademik qarzdor talabalarga yozgi semestmi tashkil etish, qayta o‘zlashtirish va topshirish uchun nazorat imtihonlarini tashkil etishda ko‘maklashish;
  • fakultet dekanlari bilan birga talabalarning shaxsiy hujjatlari, qaydnomalarni, diplom va ularning ilovalari hamda tegishli buyruqlar va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilish;
  • LMS platformasi yordamida ta’limni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, samarali boshqarish hamda akademik faoliyatni doimiy muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni LMS platformasiga o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri kiritilishini ta’minlash va doimiy nazorat qilish;
  • LMS platformasida talabalar ro‘yxatini to‘liq va o‘z vaqtida hisobini yuritishni ta’minlash;
  • o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning fanlardan o‘zlashtirishi va davomadiga oid axborotlarni tahlil qilish;
  • LMS platformasi orqali professor - o‘qituvchilar, talaba va tinglovchilarga dasr jadvallarini doimiy ko‘rib borishi uchun ma’lumotlami tahrir qilib borish.
Bo‘limning funksiyalari:
  • ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishda Akademiya fakultetlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
  • LMS platformasida ishlash bo’yicha professor - o‘qituvchilar, talaba va tinglovchilarga master klasslar tashkil etish;
  • yangi semestr yoki yangi o’quv jarayoni boshlanishidan oldin o’quv-uslubiy bo’lim bilan birgalikda o’quv rejalarni LMS platformasiga joylashtirilishini ta’minlash;
  • boshqa oliy ta’lim muassasalarining ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini tashkil etish;
  • LMS platformasi sifatni doimiy yaxshib borish bo‘yicha professor- o‘qituvchilar, talabalar/tinglovchilar va xodimlaming fikr-mulohazalarini o‘rganish va o’zgartirishlar kiritib borish.
Bo‘limning huquqlari:
  • bo‘limning zarur darajadagi faoliyati ta’minlanishi uchun zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lishi;
  • LMS platformasi uzluksiz ishlashi uchun yaxshi server bilan ta’minlanishi; bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanishi;
  • Akademiya tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari, oliy ta’lim institut vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
  • akademiyaning kadrlar bo’limi tomonidan LMS platformasiga yangi ishga kelgan yoki ishdan bo’shagan professor - o‘qituvchilami vaqtida kiritish hamda chiqarish bo’yicha bo’limni o’z vaqtida ma’lumotlar bilan ta’minlash;
  • ta’lim jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, LMS platformasi va bo’lim faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq masalalar bo‘yicha Akademiya Kengashi, rektor o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shuningdek, Akademiya fakultetlari, kafedralari, tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, mahalliy davlat organlari, shuningdek, boshqa xalqaro va mahalliy tashkilotlarning yig‘ilishlarida ishtirok etish;
  • ta’limning kredit-modul tizimi va LMS platformasi muhokamasi bo‘yicha kafedra majlislarida va Akademiya ilmiy kengashlarida ishtirok etish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.