• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademiya rektorining bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar, aziz tinglovchilar va talabalar!

Siz, azizlarni, xalqimiz ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, bag‘rikenglik, insonparvarlik, saxovat va shukronalik kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bu muborak ayyom dunyoda tinchlik, jamiyatda mehr-oqibat va ahillikni qaror toptirish, oilaviy bag‘rikenglik va insonlar o‘rtasidagi mehr rishtalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutib kelmoqda.

Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ijtimoiy davlat barpo etishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilayotgan bugungi kunda Qurbon hayiti xalqimiz hayotida bunyodkorlik va barkamollik timsoli sifatida tobora keng ma’noga ega bo‘lib bormoqda.

Shu qutlug‘ kunlarda barchamizning qalbimizda buyuk shukronalik, birodarlik tuyg‘ulari, ehson va ezgu amallar bilan birga, milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ma’naviyatni yuksaltirish, ma’rifatni targ‘ib etish yo‘lidagi ezgu harakatlar mustahkamlanib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga va oilangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, mehru oqibat tilayman. Har bir xonadonda mehr, baraka va shodlik hukm sursin!

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ehtirom bilan,

Elmurod HOSHIMOV,
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori