Xalqaro aloqalar bo‘limida xalqaro aloqalar masalalariga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining, Akademiyaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Akademiya magistrantlarining yozgi malakaviy amaliyotini xorijiy mamlakatlarda tashkil etadi va o‘tkazish;
Xorijiy mamlakatlarning yetakchi bank-moliya va soliq idoralari, o‘quv yurtlari va markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Jahonning rivojlangan davlatlari yetakchi o‘quv muassasalarida magistrlarni tayyorlash tajribalarini o‘rganish maqsadida xalqaro faoliyat olib borish.
Xalqaro aloqalar bo‘limining funksiyalari
Akademiya magistrantlarining yozgi amaliyotini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o‘quv bazalarida tashkil etish maqsadida va xalqaro moliya institutlari bilan Akademiyaga xalqaro texnik hamkorlik va boshqa dasturlarda qatnashish uchun o‘quv grantlarini jalb etish yuzasidan muntazam ravishda aloqalarni amalga oshirish;
Xorijiy mehmonlarning safar dasturlarini tayyorlaydi: mehmonxonalarni band etadi; vazirlik va yetakchi banklar va moliya tashkilotlari rahbarlari, O‘zbekistonda akreditatsiya qilingan xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar boshliqlari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi va chet ellardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari hamda hamkor mamlakat elchixonasi yordamida xorijiy hamkorlar, ekspertlarni taklif etishni tashkillashtirish;
Akademiya o‘quv jarayoniga sertifikatsiyalangan ma’ruza va seminarlar o‘tkazish uchun O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan yetakchi moliya institutlari mutaxassislari va xorijiy professor olimlarni, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va elchixona rahbarlarini jalb etishni amalga oshirish;
Xalqaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarida o‘quv dasturlari sifatini oshirishga qaratilgan ishlar tashkil etadi va muvofiqlashtirish;
Akademiyada tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni o‘tkazishda ishtirok etish;
Akademiya magistrantlarining xorijiy mamlakatlar o‘quv bazalarida tashkil etiladigan malakaviy amaliyoti shartnomalarini tuzish.