• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

BMA va HGU olimlari«yashil iqtisodiyot» istiqbollarini muhokama qildilar

Kunning ikkinchi yarmida Handong Global universiteti delegatsiyasining Bank-moliya akademiyasiga tashrifi doirasida “Yashil tiklanish va xususiy iqlim moliyasi: kelajak uchun omon qolish strategiyasi” mavzusida qo‘shma seminar tashkil etildi.

Tadbirda iqtisodchi olimlar, professorlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi. Iqlim o‘zgarishi, yashil moliya va barqaror iqtisodiy siyosatlarning hozirgi va kelajakdagi ahamiyati, jumladan moliyaviy institutlar zimmasidagi ekologik mas’uliyat masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — global iqlim o‘zgarishi sharoitida yashil iqtisodiyot va barqaror moliya sohalarida ilmiy-amaliy yondashuvlarni muhokama qilish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar doirasida o‘zbekistonlik va koreyalik olimlar tomonidan “Yashil obligatsiyalar va ekologik siyosatning qat’iyligi o‘rtasidagi uzoq muddatli bog‘liqlikni o‘rganish”, “Koreyada moliyaviy firmalarning barqarorlik to‘g‘risidagi majburiy ma’lumotlarni oshkor qilishi va uning moddiyligini baholash bo‘yicha hisobot taqdim etish holati”, “O‘zbekistonning yashil energetika yo‘l xaritasiga islomiy moliyani joriy etish” va “Raqamli moliyaviy istisnolar” mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar taqdimot qilindi.

Yakunda ishtirokchilar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholab, ushbu muloqotning ilmiy hamda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Ta’lim va tadqiqot sohasida birgalikdagi qadamlar, xususan maqolalar, loyihalar va qo‘shma platformalar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.