Dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash yiig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab, Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranti Akramov Farxod Artikbayevich tomonidan bajarilgan "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" ixtisosligi bo‘yicha “Soliq xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoya qilindi.
Shundan so‘ng, tadqiqotchi Nematulloyev Suxrob Sobirovichning «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbekistonda kichik biznes faoliyatida investitsiyalardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan Akramov Farxod Artikbayevich hamda Nematulloyev Suxrob Sobirovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishlari ijobiy baholandi va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berishga loyiq deb topildi.