• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Navbatdagi doktorlik dissertatsiyasi muhokamadan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSs.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi yetakchi tashkilot ilmiy-nazariy seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent moliya instituti doktoranti Mavlanov Normo‘min Normamatovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligi tahlili metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Seminar yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy izlanuvchiga muhokama qilingan tadqiqot ishining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berildi.