• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Hamkorlikdagi yangi rejalar kelishib olindi

Bugun, 6-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. Shavkat Xusainov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani Farrux Rashidov hamda “Gazprombank” AJning Loyiha va tarkibiy moliyalashtirish departamenti ijrochi direktori Aleksey Shevchenko o‘rtasida ishchi tartibda muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Gazprombank” AJ mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari va seminarlarning 2023 yildagi mavzular rejasi ko‘rib chiqildi. Yillik mavzular rejasida tijorat banklarida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonida xodimlardan talab qilinadigan yangi kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari ustuvor bo‘lishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, “Gazprombank” AJning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan Akademiya tinglovchilari uchun risk-menejment, loyihaviy tahlil va personalni boshqarish kabi yo‘nalishlarda ochiq darslar ham tashkil qilib kelinmoqda.