Kafedralararo ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSs.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi kafedralararo ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2 nafar tayanch doktorantlarning doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Dastlab, majlis kun tartibidan o‘rin olgan Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranti Akbarov Husniddinjon Mo‘ysin o‘g‘lining 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo‘llari” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Toshkent moliya instituti tayanch doktoranti Abdullayev Aybek Nazarbayevichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Nodavlat ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi.
Kafedralararo ilmiy seminar bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, muhokama qilingan doktorlik dissertatsiya ishlari bo‘yicha tadqiqot ishining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berildi.