• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Sun’iy intellektning rivojlanish istiqbollari

Bank-moliya akademiyasida maxsus sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Sun’iy intellekt tushunchasi va uning hozirgi kunda tutgan o‘rni, rivojlanish istiqbollari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilmurod Normurodov tomonidan olib borildi.

Mahorat darsi davomida “sun’iy intellekt” tushunchasining paydo bo‘lish sabablari hamda hozirgi kunga bu tushunchaning inson hayotida qanchalik dolzarbligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, sun’iy intellektni amaliyotda qo‘llanishiga oid misollar hamda onlayn test sinovlari o‘tkazildi.

Mashug‘lot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.