• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Biznes sohasi liderlaridan mahorat darsi

Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun «Europol»kompaniyasi hamda «Alibazar» internet bozori asoschisi Alisher Avazov tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbirda biznes sohasida 38 yillik tajribaga ega va maqsadi yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «SUP» (Start Up Project) loyihasi asoschisi tomonidan “Biznesni boshqarish psixologiyasi” mavzusida taqdimot olib borildi.

Mahorat darsi davomida ishtirokchilar mavzuga doir o‘z savollari bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.