• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Yashil iqtisodiyotni banklar tomonidan moliyalashtirish: xalqaro tajriba va amaliyot

Bugun, 27-yanvar kuni Bank-moliya akademiyasida “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda navbatdagi mamlakatimiz tijorat banklari xodimlari va Akademiya tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Unda “Green Banking. Mablag‘larni jalb qilish uchun banklar nima qilishi kerak” mavzusi muhokama qilindi.

Dastlab, “Gazprombank” AJning Kredit reytinglari va barqaror rivojlanish bo‘yicha maslahat departamenti boshqaruvchi direktori Marina Kanserova tomonidan “ESG Banking. Xalqaro amaliyot va tartibga solish” mavzusi taqdimot shaklida ochib berildi. Mavzu doirasida ishtirokchilarga barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy tendensiyalarning umumiy ko‘rinishi, ESG risklari va reytinglari, ESG sohasidagi banklarning ilg‘or tajribasi va tashabbuslari haqida yangi bilimlar berildi.

Shuningdek seminarda Akademiyaning Raqamli bank ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasul Salayev tomonidan “Jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning bank tizimining barqarorligiga ta’siri” mavzusi taqdimot qilindi. Mavzu doirasida jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar, O‘zbekiston bank tizimining tashqi iqtisodiy vaziyatga sezgirligi, Markaziy bank pul-kredit siyosatining bank tizimi barqarorligiga ta’siri, bank tizimidagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi.