• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Akademiya Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kengashining 2022/2023 o‘quv yilidagi 6-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi Kengash majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning Akademiya faoliyatida ijrosini ta’minlash, o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash va masofaviy o‘qitishni tashkil etish, Scopus yoki Web of Science bazalarida indekslanadigan jurnallarda maqolasi chop etilgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish kabi faoliyatga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan va ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.