Xalqaro hamkorlik: Malayziyada stajirovka
Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari hamda mamlakatimiz tijorat banklari mutaxassislaridan iborat delegatsiya Malayziya davlatida tashkil etilgan xalqaro stajirovkada ishtirok etdilar.
Bank-moliya akademiyasi hamda University Utara Malaysia tomonidan “Islom bank ishi va moliyasi” dasturi doirasida tashkil etilgan stajirovka davomida vakillarimiz yangi bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Safar davomida vakillarimiz Fundamental of Muamalat, Islamic Banking Models: Malaysia Experience, Waqf in Islamic Economy, Corporate and Shariah Governance Framework in Financial Institutions kabi mavzularda tashkil etilgan maxsus kurslarda ishtirok etib, maxsus xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.