Xalqaro kelishuvlarning amaliy ijrosi
Bugun, 9-fevral kuni Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun “An’anaviy banklarni transformatsiya qilish va raqamli banklarni rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar Bank-moliya akademiyasi hamda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida bekgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Seminar-trening mashg‘uloti Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetining Bank, moliya bozori va sug‘urta kafedrasi dotsenti, “Raqamli moliyaviy texnologiyalar” dasturining akademik direktori Yuliya Stepkina tomonidan olib borildi.