EBTN bilan hamkorlik o‘rnatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Yevropa bank va moliyaviy xizmatlar treningi assotsatsiyasi rasmiylari ishtirokida onlayn muloqot o‘tkazildi.
Akademiya rektori Elmurod Hoshimov Yevropa bank va moliyaviy xizmatlar treningi assotsatsiyasi bilan hamkorlik bank va moliya sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta samara berishini alohida qayd etdi. Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash va mutaxassislarning amaliy bilimlarini boyitish bo‘yicha Akademiya pozitsiyasi bo‘yicha o‘z-fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Muloqot davomida European Banking & Financial Services Training Association (EBTN) prezidenti Fatma Dirkes o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot va o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Muzokaralar jarayonida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tomonlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusidagi harakatlar rejasini belgilab oldilar.