• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

O‘zbekiston – Yaponiya: ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik

Xabar qilinganidek, Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti (Policy Research Institute Ministry of Finance Japan) ijrochi vitse-prezidenti, BMA faxriy birinchi prorektori Ono Heihachiro boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari tashrifning 15 fevral sanasiga belgilangan tadbirlari doirasida Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti hamda Bank-moliya akademiyasi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma onlayn seminarda ishtirok etdilar. Unda Yaponiya milliy soliq kolleji tadqiqot bo‘limi professori Naofumi Kosugi tomonidan “Xalqaro soliqqa tortishdagi so‘nggi o‘zgarishlar – bazaning eroziyasi va foydaning o‘zgarishi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, Yaponiya delegatsiyasi a’zolari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga tashrifni amalga oshirdilar. Ma’lumki, 1945-1946 yillarda Uzoq Sharqdan deportatsiya qilingan yuzlab Yapon fuqarolari opera va balet san’ati sohasidagi O‘zbekistonning asosiy teatri binosi qurilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Kunning ikkinchi yarmida Yaponiya delegatsiyasi a’zolari hamda Bank-moliya akademiyasi rasmiylari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Zamon Xoldorov bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.