• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Kafedralararo ilmiy seminarda navbatdagi dissertatsiya ishi muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi kafedralararo ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Maxmudov Azamat Normuradovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Xarajatlar va daromadlarning boshqaruv hisobi va ichki auditi metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Kafedralararo ilmiy seminarda muhokama qilingan doktorlik dissertatsiya ishi bo‘yicha tadqiqot ishining ilmiy sifatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.