Ilmiy izlanuvchilar malakaviy imtihon topshirdilar
Bugun, 17-fevral kuni Bank-moliya akademiyasida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosliklari boʻyicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda belgilangan tartibda rasmiy xat (yoki ariza) bilan murojaat qilgan va roʻyxatga olinib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor bo‘lgan ilmiy izlanuvchilar mutaxassislik fani bo‘yicha malakaviy imtihon topshirdilar.
Imtihon yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarga oʻn kun muddatda guvohnomalar tayyorlanib, oʻrnatilgan tartibda topshiriladi.