• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Yil yakunlari sarhisob qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-yilda “Jamoa shartnomasi” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda Toshkent shahar Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, dastlab Bank-moliya akademiyasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nurbek Rizayevning “Jamoa shartnomasi”da belgilangan imtiyoz va kafolatlar ijrosi bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Qayd etildiki, hisobot davrida Akademiya jamoasida sog‘lom va ijobiy muhit qaror topib, xodimlar muntazam ravishda ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelindi. Shuningdek, ish beruvchi tomonidan har bir o‘qituvchi va xodimlarni mehnatiga munosib daromad olishi uchun shart-sharoitlar yaratildi.

Hisobot davrida 17 nafar Akademiya jamoasi a’zosiga moddiy ko‘mak berildi, 7 nafari esa salomatligini tiklash uchun mamlakatimiz hududida joylashgan sanatoriyalarga yo‘llanmalar asosida yuborildi.

Jamoa shartnomasida Akademiyada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning farzandlariga ham alohida e’tbor qaratilgan. Shundan kelib chiqqan holda Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan turli sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, kasaba uyushmasining ustaviga muvofiq tashkil etilgan — “Xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash”, “Murabbiylar kengashi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlari va ommaviy tadbirlar”, “Jismoniy tarbiya va sport” kabi bo‘linmalar faoliyati Akademiyada sog‘lom va ijobiy muhitni shakllantirish borasida bir qator ijobiy tadbirlarni amalga oshirdilar. Jumladan, jamoa a’zolari respublika darajasidagi sport musobaqalarida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdilar, ma’naviy-ma’rifiy va xayr-saxovat tadbirlarida faollik ko‘rsatdilar.

Jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi faoliyatiga qoniqarli baho berdilar.

Faol mehnat faoliyatini olib borayotgan Bank-moliya akademiyasining bir guruh xodimlariga esdalik sovg‘alari ulashildi.