• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Bugun, 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganiga 27 yil to‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 2-maydagi “Bank-moliya akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (https://lex.uz/acts/-176205)gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etilgan.

O‘tgan 27 yildan ortiq vaqt davomida akademiyaning magistratura bosqichida 5800 nafardan ortiq va Malaka oshirish fakultetida 12 ming nafardan ortiq tinglovchi tahsil oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bugungi missiyasi “o‘rgan, o‘zgartir, yetakchi bo‘l” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, dunyoning ilg‘or bilim va tajribasini amaliy bilimlar bilan o‘zlashtirgan yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan.

Hozirgi kunda Akademiyada iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha, shuningdek, oliy ta’lim mutaxassisliklarini yanada optimallashtirish va unifikatsiya qilish maqsadida yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash vazifasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi.

Bugungi kunda BMAda to‘rtta fakultet – Boshqaruv kadrlarini tayyorlash fakulteti, Sirtqi ta’lim fakulteti, Qo‘shma dasturlarni amalga oshirish fakulteti va Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti mavjud. Ularning negizida yettita kafedra faoliyat yuritadi.

Sana munosabati O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tashkil etishda ishtirok etgan, uning faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan ustozlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va ko‘p sonli jamoani, tinglovchi va bitiruvchilarni samimiy muborakbod etamiz.