• LMS
  • E-library
  • O‘qishga qabul
  • FAQ

Yangiliklar

image

Albukhary International University bilan hamkorlik amalga oshiriladi

Bank-moliya akademiyasi va Malayziyaning Albukhary International University rasmiylari ishtirokida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Samimiy o‘tgan onlayn muloqotda ilmiy-pedagogik faoliyat va akademik jarayonlarda to‘plangan tajribalarni almashish, olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan bahramand etish, birgalikda turli ilmiy-amaliy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Ijtimoiy biznes sohasida hamkorlik qilish haqida kelishib olindi.

Muloqot yakunida bildirilgan takliflar bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishish va uni amalga oshirish yuzasidan yakdil qarorga kelindi. Hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.